date
views 2 173

Germaniya shahri yashashni xohlovchilarga bepul uy taklif qilmoqda

Germaniya shahri yashashni xohlovchilarga bepul uy taklif qilmoqda
Germaniyaning sharqiy qismida joylashgan Ayzenxyuttenshtadt shahri aholini ko‘paytirish va yangi fuqarolarni jalb etish maqsadida betakror tashabbusni amalga oshirmoqda. Shahar ma’muriyati ma’lum qilishicha, xohlovchilarga 2025 yil sentyabr oyida ikki haftaning o‘zida to‘liq jihozlangan turar joylar bepul taqdim etiladi.

Ayzenxyuttenshtadt Berlindan 96 kilometr uzoqlikda, Polsha bilan chegaraga yaqin joylashgan. Mazkur tashabbus “Rejalarni hozirdan tuzing” deb nomlangan innovatsion immigratsiya dasturi doirasida amalga oshirilmoqda. Bu orqali shaharni qayta tiklash, infratuzilmani rivojlantirish va aholi sonini ko‘paytirish maqsad qilingan.

Ma’muriyatning bildirishicha, dastur asosan doimiy yashash uchun ko‘chib kelishni o‘ylayotgan malakali mutaxassislar, frilanserlar va o‘z biznesiga ega insonlarga qaratilgan. Ishtirokchilar 6 sentyabrdan 20 sentyabrgacha shahardagi hayot, mehnat bozori, infratuzilma va imkoniyatlar bilan tanishish imkoniga ega bo‘ladi.

Ayzenxyuttenshtadt — tarixiy va iqtisodiy jihatdan ahamiyatli shahar. 1950 yilda Sharqiy Germaniya davlati tomonidan asos solingan va avvalroq Stalinshtadt nomi bilan tanilgan. Germaniya birlashganidan so‘ng nom o‘zgarib, hozirgi holatiga kelgan. Shaharda sotsialistik davrdan qolgan arxitektura namunalari haligacha saqlanib qolgan bo‘lib, ular tarixiy yodgorlik sifatida ro‘yxatga olingan.

Ayni vaqtda bu yerda 24 mingga yaqin aholi istiqomat qiladi va shaharda Germaniyaning eng yirik po‘lat zavodlaridan biri faoliyat yuritadi. Zavodda 2500 kishi doimiy ish bilan ta’minlangan bo‘lib, shahar iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi.

Shu tariqa, Germaniyadagi ushbu tashabbus nafaqat yangi istiqomatchilarga, balki iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanishga ham turtki berishi kutilmoqda.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Germaniya shahri yashashni xohlovchilarga bepul uy taklif qilmoqda