date
views 143

AEXA rahbari Grossi: Yadroviy xavfsizlik uchun Eronga tezkor tashrif zarur

AEXA rahbari Grossi: Yadroviy xavfsizlik uchun Eronga tezkor tashrif zarur
Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlik (AEXA) bosh direktori Rafael Mariano Grossi vaziyatni chuqur baholash, yadroviy xavfsizlik va qurol tarqalishining oldini olish maqsadida imkon qadar tez Eronga tashrif buyurishga tayyor ekanini bildirdi. Uning fikricha, yadroviy inshootlarga har qanday hujum xalqaro huquq va agentlikning asosiy qoidalariga mutlaqo zid hisoblanadi.

Grossi bu bayonotni kecha AEXA boshqaruv kengashi yig‘ilishida so‘zlab, bu Iroil Erondagi yadro inshootlari va tinch aholi obyektlariga zarba berganidan keyingi vaziyatga bag‘ishlangan edi. U, jumladan, Eron tomoni agentlikni Natanz yadroviy inshootiga berilgan zarba haqida rasman xabardor qilganini bildirdi.

AEXA bosh direktori ta’kidladiki, yadroviy obyektlar har qanday sharoitda nishonga aylanmasligi kerak va bunday holatlarga yo‘l qo‘yilmasligi zarur. Grossi, shuningdek, bunday hujumlar xalqaro huquq, BMT Xavfsizlik kengashi rezolyutsiyalari va agentlik ustaviga zid ekanini alohida urg‘uladi.

U o‘z chiqishida “Men tegishli idoralarga vaziyatni kompleks baholash, xavfsizlik va yadroviy qurol tarqalishining oldini olish uchun imkoni boricha tezroq Eronga borishga tayyorligimni ma’lum qildim”, deya ta’kidladi. Grossi ikki davlatni mojaro yanada avj olishidan ogohlantirib, barcha tomonlarni dialog va muzokaralar yo‘liga qaytishga chaqirdi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AEXA rahbari Grossi: Yadroviy xavfsizlik uchun Eronga tezkor tashrif zarur