date

Siyosatshunos: “Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q”

Siyosatshunos: “Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q”
Yaqin Sharqda yuzaga kelgan yangi harbiy-siyosiy qarama-qarshilik global miqyosdagi xavotirlarni kuchaytirmoqda. AQSH harbiy kemalari va Isroilning tajovuzkor siyosati mintaqaviy mojaroni keng ko‘lamli urushga aylantirishi mumkin. Bu jarayon nafaqat harbiy, balki energetik va iqtisodiy inqirozlarni ham yuzaga chiqarishi ehtimoldan xoli emas.

Urushning dastlabki uch kunidan keyingi xulosalar qanday?

Farhod Karimov: Janubiy-Sharqiy Osiyodagi AQSHning bir qator aviatashuvchilar va patrul kemalari hozir Yaqin Sharq mintaqasi, xususan, Fors ko‘rfazi tomon harakatlanmoqda. Bundan asosiy ko‘zlangan maqsad, ehtimoliy Eronga beriladigan zarbalar bo‘lishi mumkin. Isroil AQSHni ham shu urushga tortishga harakat qilyapti. Ya’ni tezroq AQSH bu jarayonga qo‘shilsin, qanaqadir provokatsion holatlar bo‘lishi uchun harakat qilyapti. Masalan, o‘sha mintaqadagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining harbiy bazalariga Eron zarba bersa-yu, AQSH bu jarayonga qo‘shilsa. Tramp ham Isroilni himoya qilish kerakligini va AQSH qurollaridan Isroilda ham mavjudligini e’tirof etgan, demak AQSH mojaroga kirishishga tayyorgarlik ko‘rayotgan bo‘lishi mumkin.

Urushning muddati masalasiga to‘xtalsak, Eron urushni qabul qildi va qachonki Isroilning hujumi to‘xtamaguncha biz ham to‘xtatmaymiz, dedi. Isroil esa so‘nggi nishongacha hujum qilamiz degan, demak urush uzoq davom etmasa-da, keskinlik yaqin kunlarda saqlanib qoladi.

Fazliddin Madiyev: Boshqa rakursdan qaraydigan bo‘lsak, Yaqin Sharqdagi keskin sabab xususiy neft tarmoqlari bunday jarayonni faqat bir hafta ko‘tara olishi mumkin ekan. Agar vaziyat yumshamasa, dunyoda inqirozlarga ham sabab bo‘lishi mumkin. Ikkinchi tarafdan esa NATO kabi tashkilotlar o‘z zaxirasini bir oylik tartibda shakllantiradi. Tabiiyki, urush ham nari borsa bir oy atrofida bo‘ladi, undan ko‘p emas.

Eron strategik jihatdan dunyoning eng muhim geosiyosiy chizig‘ida va bu hududdagi ta’minotlar uziladigan bo‘lsa dunyoning hamma davlatlariga ta’sir qiladi. Vaziyatdan yutadigan davlatlar ham bor: Amerika Qo‘shma Shtatlari, Rossiya va neftga boy bo‘lgan davlatlar, jumladan, arablar ham.

Ikkinchi tarafdan, hozir dunyoning hech qayerida bir kilo ham ortiqcha porox yo‘q. Ya’ni eski mojarolar qo‘zg‘alyapti va ertaga nima bo‘lishini bilib bo‘lmaydi. Eron juda murakkab vaziyatda, qo‘shni arab davlatlarida AQSH harbiy bazalari mavjud.

Fotokollaj: Kun.uz
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Siyosatshunos: “Eron urushni qabul qildi, endi ortga yo‘l yo‘q”