
Rossiya futbolining so‘nggi kunlardagi eng katta shov-shuvli voqealaridan biri — “Torpedo” klubi atrofida yuzaga kelgan poraxo‘rlik mojarosidir. Rasmiy manbalar va RBK nashri tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, klubning egasi Leonid Sobolev hamda direktori Valeriy Skorodumov Rossiya Jinoyat kodeksining 291-moddasi (pora berish) bo‘yicha jinoyat ishi doirasida gumon qilinmoqda.
Tergov ma’lumotlariga ko‘ra, ular Birinchi liga o‘yinlaridan birida klub manfaatiga qaror chiqarish maqsadida hakamlardan biriga pul taklif qilgan. Ana shu harakatlari sababli ularga nisbatan jinoiy ish ochilgan va hozirda jazo sifatida 15 yilgacha ozodlikdan mahrum etish xavfi tug‘ilmoqda.
18 iyun kuni tergov organlari tomonidan ularning ofislari hamda yashash manzillarida tintuv ishlari o‘tkazildi. Ortiqcha shovqin-suronsiz o‘tgan ushbu operatsiyada qator moddiy dalillar yig‘ilgani ma’lum qilindi. Shuningdek, 19 iyun kuni Sobolev va Skorodumov politsiyaga chaqirilib, so‘roq qilingan.
Mazkur holat “Torpedo”ning so‘nggi mavsumdagi sportdagi yutuqlari ortidan kelgan jiddiy shov-shuvli voqea bo‘ldi. Eslatib o‘tamiz, jamoa Birinchi ligada ikkinchi o‘rinni egallab, Rossiya Premer-Ligasiga qaytishga muvaffaq bo‘lgandi.
Hozircha klub mutasaddilari rasman izoh bermagan, biroq ish jamoa obro‘siga katta shubha tushirgani aniq. Futbol muxlislari esa bu ish qanday tugashini havas bilan kuzatmoqda. Agar ayblovlar isbotlansa, “Torpedo”ning kelajagi ham murakkablashishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar