date

AQSHning Eronga hujumi haqida yangi tafsilotlar

AQSHning Eronga hujumi haqida yangi tafsilotlar
AQSH Eronning Fordo yadroviy majmuasiga qarshi keng ko‘lamli aviazarba uyushtirdi. CNN telekanaliga ma’lumot bergan amerikalik rasmiyning aytishicha, olti dona zamonaviy B-2 bombardimonchi samolyotlari yordamida ushbu ob’ektdan iborat yerosti majmuasiga o‘n ikkita maxsus “bunker buzuvchi” bomba tashlangan.

Bunga qo‘shimcha ravishda, AQSH harbiy-dengiz kuchlariga qarashli suv osti kemalari Natanz va Isfahondagi yadro bilan bog‘liq boshqa inshootlarga qarshi 30 ta Tomahawk (TLAM) raketasini uchirgan. Shuningdek, B-2 samolyotlaridan yana ikkita “bunker buzuvchi” bomba Natanzga yo‘naltirilganini ham rasmiy tasdiqlagan.

Mazkur harbiy amaliyot tafsilotlari dastlab "The New York Times" nashrida e'lon qilingan.

“Bunker buzuvchi” nomi bilan tanilgan GBU-57A/B Massive Ordnance Penetrator (MOP) bombasi — 30 ming funt (13.6 tonna) og‘irlikdagi, ichida 6 ming funt (2.7 tonna) portlovchi modda joylashgan maxsus bombadir. AQSH Harbiy havo kuchlari tarqatgan ma’lumotnomaga ko‘ra, bu bomba “raqib davlatlarning yaxshi himoyalangan hududlarida joylashgan ommaviy qirg‘in qurollarini yo‘q qilish” uchun yaratilgan.

Mazkur hujum Eron ichkarisida keskin norozilik uyg‘otdi. Eron Oliy rahbarining yaqin maslahatchilaridan biri hisoblangan va konservativ qarashlari bilan tanilgan "Kayhan" gazetasi bosh muharriri Husayn Shariatmadari “Fordoga qilingan AQSH hujumiga javob beriladi”, deya qat'iy bayonot berdi.

U Telegram orqali e’lon qilingan xabarda shunday degan:
“Fordo yadroviy inshootiga qilingan tajovuzdan so‘ng, navbat bizga keldi. Hech qanday ikkilanmasdan va vaqt yo‘qotmasdan, ilk qadam sifatida AQSHning Bahrayndagi dengiz flotini raketa hujumiga tutishimiz, shu bilan birga Hormuz bo‘g‘ozini AQSH, Britaniya, Germaniya va Fransiya kemalari uchun yopishimiz shart.”

Hozircha Oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomeneiy tomonidan AQSHning ushbu harakati yuzasidan rasmiy bayonot berilgani yo‘q.

CNN’ning xabar berishicha:
O‘tkazilgan tungi kuzatuvlar davomida Tehron osmonida havo faolligi sezilarli darajada oshgan. Havo hujumiga qarshi mudofaa tizimlari bir necha bor ishga tushgani, shuningdek, osmonni o‘qqa tutgan zenit to‘plari kuzatilgan.
Havo harakati yuqori darajada bo‘lgan, biroq bu Prezident Tramp topshirig‘i bilan boshlangan operatsiya ekani haqida hech kim xabar topmagan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHning Eronga hujumi haqida yangi tafsilotlar
-->