Turkiya sayyohlar yurtiga aylandi: 4-o‘ringa chiqdi!

1 daqiqa o'qish782
Turkiya sayyohlar yurtiga aylandi: 4-o‘ringa chiqdi!
So‘ngi yillarda dunyo sayyohlari uchun eng sevimli manzillardan biriga aylangan Turkiya 2024 yil yakunlari bo‘yicha tarixiy natijalarni qayd etdi. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Jahon Turizm Tashkiloti (UNWTO) tomonidan e’lon qilingan “Jahon Turizm Barometri” ma’lumotlariga ko‘ra, Turkiya dunyoda eng ko‘p turist qabul qilgan mamlakatlar ichida 4-o‘rinni egalladi.

2024 yil davomida mamlakatga tashrif buyurgan xorijlik sayyohlar soni 56,7 million nafarga yetdi. Bu ko‘rsatkich orqali Turkiya o‘z o‘rnini bir pog‘ona yaxshilab, 2023 yildagi 5-o‘rindan 4-o‘ringa ko‘tarildi. Umumiy mehmonlar soni esa 62,3 million nafarga yetib, mamlakatning turizm sohasidagi izchil va barqaror o‘sishini yana bir bor namoyon etdi.

Turkiya Madaniyat va turizm vaziri Mehmet Nuri Ersoy mazkur muvaffaqiyat haqida shunday dedi:
“Turkiya bugun dunyoda nafaqat kuzatiladigan, balki o‘rnak olinadigan turizm davlatlaridan biriga aylandi. Bu natijalar tarixiy va madaniy merosimizning samarali targ‘ib qilinishi, zamonaviy infratuzilmamiz hamda turizmning barcha fasllarda mavjud xilma-xil turlarini rivojlantirish samarasidir”.

Jahondagi eng ko‘p turist qabul qilgan beshlikda Fransiya, Ispaniya va AQSH singari sayyohlikda yetakchi davlatlar bilan bir qatorda Turkiya va Italiya ham joy olgan. Bu esa Turkiyaning xalqaro turizm arenasidagi nufuzini yanada mustahkamlayotganini ko‘rsatadi.

Mamlakatning boy tarixi, bebaho madaniy yodgorliklari, bahavo dengiz sohillari, gastronomik turizm imkoniyatlari va mehmondo‘stlik an’analari Turkiyani turli millat va madaniyat vakillari uchun jozibali nuqtaga aylantirmoqda.

Turizm sohasida bunday ulkan yutuqlar esa nafaqat iqtisodiy o‘sishga, balki mamlakat imijiga ham ijobiy ta’sir ko‘rsatishi shubhasiz.
Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?