
Donald Tramp steyblkoinlar bo‘yicha yangi qonunni imzoladi, deb finance.mail.ru xabar berdi. Ushbu qonun kriptovalyutaga bog‘langan steyblkoinlar muomalasini tartibga soladi va ularni moliyaviy tizimning rasmiy qismi sifatida tan oladi.
Qonunga ko‘ra, steyblkoinlarni chiqarish huquqi moliyaviy institutlarga beriladi va ular Federal zaxira tizimi tomonidan nazorat qilinadi. Bu esa kriptoaktivlardan foydalanish xavflarini kamaytirishga xizmat qiladi.
Yangi tartib kriptobozorda aniqlik va ishonchni oshirish, shu bilan birga innovatsion loyihalarni rag‘batlantirishga qaratilgan. Tahlilchilarga ko‘ra, bu AQShni kriptovalyuta sohasida yetakchi davlatga aylantirishi mumkin. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing Mavzuga oid yangiliklar