30 iyul kuni Kamchatka yarimorolida oxirgi 73 yil ichida qayd etilgan eng kuchli zilzila sodir bo‘ldi. “RIA Novosti” xabariga ko‘ra, tabiiy ofat magnitudasi 8,7 ballgacha bo‘lishi mumkinligi aytilmoqda. Bu holat nafaqat Rossiyaning sharqiy hududlarini, balki Yaponiya, Gavayi, Chili kabi mintaqalarni ham xavotirga soldi.
Zilzilaning epitsentri Kamchatka o‘lkasida joylashgan bo‘lib, u nafaqat yer ostidagi tetrabratsiyalarni, balki qator yo‘l-transport infratuzilmalariga ham salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Xususan, "Yelizovo" xalqaro aeroportida shift panellari yo‘lovchilar ustiga tushgan. Ko‘plab odamlar shoshilinch ravishda stollar ostiga panoh topishga majbur bo‘lgan. Bir ayol boshidan jarohat olgani ma’lum qilindi.
Mutaxassislar so‘zlariga ko‘ra, 7,5 ballgacha bo‘lgan kuchli yer silkinishlari kamida bir oy davom etishi ehtimoldan holi emas. Shu sababli Kuril orollarida tsunami xavfi e’lon qilingan. Yaponiya meteorologiya agentligi ham o‘zining sohilbo‘yi hududlarida shoshilinch ogohlantiruvni amalga oshirdi.
Shinkansen tezyurar poyezdlari mamlakatning shimoli-sharqida to‘xtatildi. Yaponiyaning ba’zi hududlarida aholi evakuatsiya qilinmoqda. Gavayi va Chilida ham mahalliy aholiga tsunami xavfi haqida ogohlantiruv sirenalari eshittirildi.
Tabiiy ofatdan keyin O‘zbekistonning Vladivostokdagi Bosh konsulxonasi rasmiy bayonot berdi. Bayonotda zilzila vaqtida o‘zbekistonliklar orasida jabrlanganlar yo‘qligi ma’lum qilindi.
Shu bilan birga, Kamchatka va Saxalindagi hamyurtlarimizga osoyishtalikni saqlash, mahalliy favqulodda vaziyat xizmatlari ko‘rsatmalariga qat’iy amal qilish, zarurat tug‘ilganda esa quyidagi raqamlar orqali Bosh konsulxonaga murojaat qilish tavsiya etildi:
+7 (423) 260-48-00
+7 (902) 078-70-07
Kamchatkadagi zilzila nafaqat mahalliy aholi, balki butun jahon hamjamiyatini xavotirga soldi. Bu holat jahon miqyosidagi tabiiy xatarlar oldini olish, to‘g‘ri va tezkor ma’lumot yetkazish va inson xavfsizligi uchun tayyorgarlikni yanada kuchaytirish kerakligini yana bir bor isbotladi.
Mutaxassislar tomonidan zilzila faolligi kuzatilib, qo‘shimcha selkindishlar ehtimoli borligi bildirilmoqda. Mahalliy aholi va sayyohlardan ehtiyot choralariga amal qilish, rasmiy ma’lumotlarga asoslangan holda harakat qilish so‘ralmoqda.
Ayni paytda zilzila natijasida yetkazilgan zararlar, ayniqsa infrastrukturaga yetgan yo‘qotishlar aniqlashtirilmoqda. “Aeroflot” va boshqa aviakompaniyalar ushbu yo‘nalishdagi parvozlar taqvimini vaqtincha to‘xtatgani haqida xabarlar tarqaldi.
Jahon miqyosida kuzatilayotgan geoseysmik faollik bugun yana bir bor insonning tabiatga nisbatan zaifligini eslatmoqda. Kamchatkadagi bu zilzila esa bu ogohlantirishning jonli namunasi bo‘ldi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!