date

Kaliforniyada 30 ming gektar o‘rmon yonmoqda

Kaliforniyada 30 ming gektar o‘rmon yonmoqda

AQShning Kaliforniya shtatida kuchli o‘rmon yong‘inlari yuz bermoqda. ABC xabariga ko‘ra, yong‘inni o‘chirish uchun 1000 nafardan ortiq qutqaruvchilar safarbar etilgan.

Olov asosan Santa-Barbara va San-Luis-Obispo okruglarida joylashgan Los-Padres milliy bog‘i hududini qamrab olgan. Yong‘in hozirgacha 30 ming gektardan ortiq maydonni yondirib yuborgan.

Mahalliy hukumat vakillari ma’lum qilishicha, yong‘in natijasida 3 kishi halok bo‘lgan, jabrlangan hududlardan esa aholi evakuatsiya qilinmoqda. Hozirda 460 ta turar-joy va boshqa ob’ektlar xavf ostida ekani ta’kidlanmoqda.

Yong‘in 1-avgust kuni boshlangan va hozirgacha to‘liq nazoratga olinmagan. Haroratning balandligi va kuchli shamol yong‘inning tez tarqalishiga olib kelmoqda. Mutasaddilar aholiga xavfsizlik choralariga qat’iy rioya qilishni tavsiya qilmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Kaliforniyada 30 ming gektar o‘rmon yonmoqda