7 662
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev O‘zbekistonga kelishi haqidagi xabarlarga izoh berdi
Qirg‘iziston prezidenti Almazbek Atambaev hozircha O‘zbekistonga tashrif rejalashtirmagan. «Interfaks»ga tayanib Kun.uz yozishicha, u O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyev bilan telefon muloqoti vaqtida O‘zbekistonga tashrifni amalga oshirish imkoniyatlari xususida so‘zlashgan, ammo uning rejasida bunday safar hozircha yo‘q.
«Men O‘zbekistonning yangi saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevni qo‘llab-quvvatlayman. Biz u bilan telefon orqali muloqot qildik va tashrif haqida gaplashdik. Ammo hozircha O‘zbekistonga borishni rejalashtirmaganman. Bu yil men Hindiston va Rossiyaga boraman. Kelasi yilning yanvarida Xitoyga tashrif rejalashtirilgan», — degan Atambaev jurnalistlarga.
Atambaevning aytishicha, O‘zbekiston va Qirg‘iziston hamda hududdagi barcha mamlakatlar orasida do‘stona qo‘shnichilik munosabatlarini saqlab qolish o‘ta muhimdir.
Bundan bir necha kun oldin, ba’zi manbalarda Atambaev O‘zbekistonga tashrif rejalashtirayotgani, safari davomida Samarqandga borib, O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qabrini ziyorat qilishi haqida xabar tarqalgandi. “Zamin” yangiliklarini “Vkontakti”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
“Hizbulloh” bir sutkada Isroilga qarshi 20 ga yaqin harbiy amaliyot o‘tkazdi
Xalqaro jinoyat sudi Isroil bosh vaziri Netanyaxuni hibsga olishga order berdi
2026 yilda bo‘lajak mundialning favoritlari reytingi taqdim etildi
Xalqaro jinoyat sudining orderi Isroilni nega qo‘rqityapti?
22 noyabr kuni Cobalt avtomobiliga shartnoma ochilishi e’lon qilindi
Italiya sudi Quddus Isroil poytaxti emasligi haqida qaror chiqardi
Superliga. OKMK safarda "Paxtakor"ni mag‘lub etdi va 11 yillik qora an’anaga chek qo‘ydi
Ramzan Qodirov G‘arb davlatlariga hujum qilishga chaqirdi: “Haqiqiy urush qandayligini his qilishsin”