AQSh maxfiy xizmatlari 1992 yildan buyon fuqarolarning telefonlarini kuzatib kelayotgani ma’lum bo‘ldi

USA Today gazetasiga ma’lum bo‘lishicha, AQShning giyohvand moddalar tarqatilishiga qarshi kurash boshqarmasi 1992 yildan buyon fuqarolarning telefon qo‘ng‘iroqlarini kuzatish orqali ma’lumot to‘plab kelgan. Bu ishda unga Adliya vazirligi yordam bergan.
Materialda aytilishicha, maxfiy xizmat xodimlari asosan xorijiy davlatlar bilan suhbatlarni kuzatib borgan; jami 116 mamlakatga amalga oshiriladigan qo‘ng‘iroqlar nazorat ostida turgan.
Joriy yilning fevral oyida Adliya vazirligi telefon qo‘ng‘iroqlari kuzatib borilganini tan olgan edi. Xususan, bu ma’lumotlar 1995 yili Oklaxoma-Sitidagi portlash bo‘yicha olib borilgan tergov ishida qo‘llangan.
Manba: www.kun.uz “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing