date

AQSHda qizning komadan chiqishi operatsiyani to‘xtatdi

AQSHda qizning komadan chiqishi operatsiyani to‘xtatdi

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-Meksiko shtatida ajablanarli voqea ro‘y berdi. Danella Gallegos ismli bemor organ ko‘chirib o‘tkazish jarrohligi boshlanishiga bir necha daqiqa qolganda kutilmaganda komadan chiqdi, deb yozadi Pravilamag.

Qiz shoshilinch holda kasalxonaga yotqizilgandan so‘ng komaga tushgan. Bir muddatdan keyin shifokorlar uning sog‘ayish ehtimoli juda past ekanini aytgan va oila a’zolariga organlarni donor sifatida berishini taklif qilishgan.

Amaliyot oldidan qarindoshlari qizning ko‘z yoshlari va to‘satdan harakatlarini sezishgan. Dastlab shifokorlar buni faqat refleks deb baholagan. Biroq jarrohlikka oz vaqt qolganda Gallegos shifokor buyrug‘iga javob qaytarib, ko‘zlarini pirpirata boshlagan.

Shu sababli, garchi transplantatsiya koordinatori operatsiyani davom ettirishni taklif qilgan bo‘lsa-da, tabiblar jarrohlikni bekor qilishga qaror qilishdi. Hozirda Danella Gallegos reabilitatsiya jarayonidan o‘tmoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » AQSHda qizning komadan chiqishi operatsiyani to‘xtatdi