date

Yaponiyada “ayiq hujumi qurboni” aslida o‘g‘li tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Yaponiyada “ayiq hujumi qurboni” aslida o‘g‘li tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi

Yaponiyaning Akita hududida kutilmagan voqea yuz berdi. 93 yoshli erkakning o‘limiga dastlab ayiq sabab bo‘lgan deb o‘ylashdi. Ammo keyinchalik u o‘z o‘g‘li tomonidan pichoqlab o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi.

Xabarlarga ko‘ra, marhumning 51 yoshli o‘g‘li Fudziyuki Shindo ushbu jinoyat yuzasidan qo‘lga olingan. U ota-onasi bilan birga yashagan. Politsiya avvaliga ayiq hujumi haqida aholini ogohlantirgan, lekin jarohatlar pichoqlanganini aniqlagach, bu xabarni bekor qildi.

Tergov davomida uyda bir nechta pichoqlar topildi. Hozircha aynan qaysi pichoq ishlatilgani va jinoyatning sababi aniqlanmoqda.

Yaponiyada so‘nggi yillarda ayiq hujumlari keskin oshgan. O‘tgan yil davomida 219 kishi ayiq hujumiga uchragan, 6 kishi esa halok bo‘lgan. Iyul oyida ham gazeta tarqatuvchi erkak jigarrang ayiq hujumida vafot etgandi.

Mutaxassislarning fikricha, shimoliy Yaponiyada aholining qarib borishi va qishloq xo‘jaligi maydonlarining qisqarishi natijasida ayiq yashash hududlari inson yashaydigan joylarga tobora yaqinlashmoqda. Shu sababli hukumat ov qonunlarini yumshatib, ayiq ovlash va otishni osonlashtirdi. So‘nggi paytlarda minglab ayiq ovchilari tomonidan qo‘lga olinib yo‘q qilingan.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Yaponiyada “ayiq hujumi qurboni” aslida o‘g‘li tomonidan o‘ldirilgani ma’lum bo‘ldi