Vyetnamga yaqinlashayotgan “Kadziki” to‘foni sababli ommaviy evakuatsiya boshlandi

1 daqiqa o'qish365
Vyetnamga yaqinlashayotgan “Kadziki” to‘foni sababli ommaviy evakuatsiya boshlandi

Vetnamga yaqinlashayotgan “Kadziki” to‘foni sababli ommaviy evakuatsiya boshlandiVyetnam hukumati mamlakatning bir nechta hududlarida aholini xavfsizlik maqsadida ommaviy ravishda evakuatsiya qilish to‘g‘risida qaror qabul qildi. Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, falokatli kuchga ega “Kadziki” to‘foni 25 avgust kuni sohilga yetib kelishidan oldin 586 mingdan ortiq fuqaro xavfli hududlardan ko‘chiriladi. Bu haqda CNBC manbalari xabar berdi.

Ma’lumotlarga qaraganda, “Kadziki” 20 avgust kuni Filippin yaqinidagi dengizda shakllangan bo‘lib, keyinchalik tez sur’atda kuchayib, Xitoy va Vyetnam yo‘nalishiga qarab harakatlana boshlagan. Hozirda to‘fon ichida shamol tezligi soatiga 200 kilometrga yaqinlashgani qayd etilmoqda. Sinoptiklarning baholashicha, u sohilga yetib kelganda 300–400 millimetrgacha yog‘ingarchilik olib kelishi mumkin. Bu esa to‘fon ortidan suv toshqinlari va ko‘chkilar xavfini oshiradi.

Bundan tashqari, kuchli shamol ta’sirida dengizdagi to‘lqinlar balandligi 2–4 metrgacha ko‘tarilishi ehtimol qilinmoqda. Mintaqadagi taxminan 60 mingga yaqin kichik qayiq va kema egalari oldindan ogohlantirilgan.

To‘fon nafaqat aholi xavfsizligiga, balki mamlakat qishloq xo‘jaligiga ham katta zarar yetkazishi mumkin. Mutaxassislar hisob-kitobiga ko‘ra, 300 ming gektardan ziyod guruch maydonlari hamda 77 mingta mevali daraxt plantatsiyalari yo‘qotishlarga uchrashi mumkin.

Vyetnamning yirik aviakompaniyalari — Vietnam Airlines va Vietjet Aviation esa hozirdanoq xavfsizlik chorasi sifatida mamlakat markaziy shaharlariga qaratilgan bir qator reyslarni bekor qilishga majbur bo‘ldi.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu holat so‘nggi yillarda Vyetnamda kuzatilgan eng yirik tabiiy ofatlardan biri bo‘lishi mumkin. Shu bois hukumat barcha resurslarni safarbar qilib, evakuatsiya va qutqaruv ishlarini qat’iy nazorat ostida amalga oshirmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?