Tojikistonda folbin va sehrgar xizmatidan foydalanganlarga katta jarima

1 daqiqa o'qish667
Tojikistonda folbin va sehrgar xizmatidan foydalanganlarga katta jarima

Tojikistonda folbin, sehrgar va jodugarlarga murojaat qilgan fuqarolar endi ma’muriy tartibda jazolanadi. “Asia-Plus” nashrining yozishicha, mamlakat Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 482-moddasiga tegishli o‘zgartirishlar kiritilib, “Sehrgar, folbin yoki jodugar xizmatidan foydalanish” bandi alohida belgilab qo‘yildi. Unga ko‘ra, bunday xizmatdan foydalangan shaxslar 50 dan 60 baravargacha miqdorda jarimaga tortiladi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kodeksga kiritilgan o‘zgarishlar 2025 yil 31 iyuldan kuchga kirgan, ammo bu haqdagi rasmiy xabar ommaga endi e’lon qilindi. Ilgari faqat hukumatning 31 iyuldagi qarori ochiqlanib, unda mazkur o‘zgartirishlar parlamentga ma’qullash uchun taqdim etilgani aytilgan edi.

So‘nggi yilda mamlakatda folbinlar va ularning mijozlariga qarshi kurash kuchaytirilgan. Masalan, 2024 yil yozida Tojikiston Ichki ishlar vazirligi ularning xizmatidan foydalangan fuqarolar rasmiy idoralarga chaqirilishi, ularning ism-shariflari va fotosuratlari maxsus ma’lumotlar bazasiga kiritilishini ma’lum qilgandi.

Rasmiylar bu choralarning asosiy maqsadi — jamiyatda xurofot va sehrgarlikning tarqalishining oldini olish, chunki ba’zi odamlar bunday faoliyatga murojaat qilib, uning kengayishiga bevosita hissa qo‘shmoqda, deb ta’kidlashmoqda. Shu bilan birga, folbin va sehrgarlarga murojaat qilib, rasmiy idoralarga chaqirilgan shaxslar soni ochiqlanmagan.

2024 yilda ham fol ochish va sehrgarlik bilan shug‘ullanish uchun jazo kuchaytirilgan edi. Parlament kodeksning 482-moddasi 2-qismiga o‘zgartish kiritib, aholiga qo‘llanadigan jarimani 80–100 baravargacha oshirdi hamda 10 kundan 15 kungacha ma’muriy qamoq jazosini nazarda tutdi. Ilgari esa bu moddada faqat 60–100 baravar jarima belgilangan edi.

Bundan tashqari, Jinoyat kodeksining 240-moddasiga ham jiddiy tuzatish kiritildi. Agar shaxs ma’muriy jazo olgandan keyin bir yil ichida yana folbinlik yoki sehrgarlikka qo‘l ursa, unga 1500–2000 baravar miqdorda jarima (o‘rtacha 12–16 ming dollar) yoki 1 yildan 2 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi qo‘llanadi. Ilgari esa bu qilmish uchun faqat ma’muriy javobgarlik belgilangandi.

Ichki ishlar vazirligi ma’lumotlariga ko‘ra, joriy yilning olti oyida mamlakatda 495 ta fol ochish va sehrgarlik holati aniqlangan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?