date

9 yoshli alpinist 700 dan ortiq cho‘qqini zabt etdi

9 yoshli alpinist 700 dan ortiq cho‘qqini zabt etdi

Angliyalik 9 yoshli Frenki Makmillan bugungi kunning eng yosh va eng faol alpinistlaridan biri sifatida e’tirof etilmoqda. U hozirgacha 700 dan ziyod tog‘ cho‘qqilarini zabt etgan, ular orasida Yevropadagi eng baland 10 cho‘qqi ham bor, deb yozmoqda Pravilamag.

Frenkining tog‘larga muhabbati uch yoshida boshlangan. Shu paytdan u onasi Basiya bilan birga ko‘p vaqtini tog‘larda o‘tkazadi. “Umrimizning katta qismi tog‘da kechadi”, — deydi Frenkining onasi.

Joriy yoz mavsumida yosh alpinist qator mashhur cho‘qqilarga ko‘tarildi. Ular orasida Slovakiyadagi Gerlax cho‘qqisi (2655 m), Polshadagi Risi (2499 m) va Chexiyadagi Snejka (1603 m) ham bor. Faqatgina iyundan beri Frenki va onasi 15 ta cho‘qqini zabt etishgan, ularning 11 tasi 2000 metrdan yuqori.

Frenki yaqinda Athlete Media Group bilan shartnoma tuzdi va BMTning sog‘liq bo‘yicha elchisi sifatida faoliyat boshladi. Qiyin sharoitlar, erta tongdagi chiqishlar va hatto ayiqlar bilan to‘qnashish xavfiga qaramay, ular kelasi yoz uchun ham katta rejalar tuzishgan. Shu bilan birga, ular cho‘qqilardan biriga xayriya maqsadida ko‘tarilishni tashkil etish niyatida.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » 9 yoshli alpinist 700 dan ortiq cho‘qqini zabt etdi