Patagoniyada 70 million yillik yirik timsoh topildi

1 daqiqa o'qish17.9K
Patagoniyada 70 million yillik yirik timsoh topildi

Patagoniya tekisliklaridan 70 million yil avval yashagan va hatto dinozavrlarni ovlay olgan yirik timsohga o‘xshash sudraluvchining toshga aylangan qoldiqlari topildi. Argentinalik paleontologlar ushbu qadimgi yirtqichning yangi turini Kashf yetdi va u Kostensuchus atrox deb nomlandi.

Tadqiqotchilarning ma’lum qilishicha, ushbu kashfiyot Chorrilo geologik tuzilmasi konlarida amalga oshirilgan. Bu hudud Bo‘r davrining oxirlarida issiq va nam iqlimga ega bo‘lib, dinozavrlar, ilk sutemizuvchilar va boshqa suvga bog‘liq tirik organizmlar uchun juda qulay makon bo‘lgan.

Qoldiqlar juda yaxshi saqlanib qolgan: ular bosh suyagi, tishlar, jag‘lar va tananing bir qismini o‘z ichiga oladi. Bu olimlarga qadimgi yirtqichning tuzilishi va turmush tarzini batafsil o‘rganish imkonini beradi. Ushbu ma’lumotlar orqali olimlar 70 million yil ilgari Patagoniyada qanday hayvonlar hukmron bo‘lganini ham kuzatishlari mumkin.

Tadqiqotchilar taxmin qilishicha, Kostensuchus atrox uzunligi 3,5 metrgacha va og‘irligi 250 kilogrammga yetadi. Katta tishli va kuchli jaglari uning hatto o‘rtacha kattalikdagi dinozavrlarni ham ovlash imkonini bergan. Bu esa uni Bo‘r davrining eng qo‘rquvchan va samarali yirtqichlaridan biriga aylantirgan, deb xabar berdi korrespondent.net.

Qadimgi yirtqichning ushbu toshga aylangan qoldiqlari nafaqat paleontologlarga ilmiy tadqiqotlar olib borishda yangi imkoniyatlar yaratadi, balki tarix va evolyutsiya haqidagi bilimimizni ham sezilarli darajada boyitadi. Bu topilma Patagoniya va uning boy biologik merosi haqidagi qiziqishni yanada oshiradi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?