Yamandagi husiylar harakati — “Ansor Alloh” Oliy siyosiy kengashi raisi Mahdi al-Mashat Isroilga jiddiy ogohlantirish yo‘lladi. Uning so‘zlariga ko‘ra, endi isroilliklar o‘zlarini hech qachon xavfsiz his etolmaydi va oldinda ular uchun “qorong‘u kunlar” kutmoqda.
Al-Mashatning ta’kidlashicha, hozirgi sharoitda barcha kompaniyalar hech kechikmasdan yahudiy davlati hududini tark etishi lozim.
“Biz kurashni uzluksiz davom ettiramiz va har qanday chaqiriqqa amaldagi harakat bilan javob qaytaramiz. Ozodlik va mustaqillikning narxi qon bilan to‘lanadi. Biz fidoyi, sabotli va itoatkor xalqmiz”, – dedi al-Mashat. Uning nutqi “Al-Masirah” telekanali orqali efirga uzatildi.
Telekanal ma’lumotiga ko‘ra, al-Mashat amalda husiylar qo‘lidagi hududlarda Yaman prezidenti hisoblanadi.
Bu chiqish Isroilning havodan bergan kuchli zarbalari oqibatida husiylar hukumati bosh vaziri Ahmad G‘aleb ar-Rahaviy halok bo‘lganidan so‘ng yangradi. “Yamen Monitor” nashri uning o‘limi isyonchilar uchun “salmoqli yo‘qotish” va “katta zarba” sifatida baholanganini yozdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Mavzuga oid yangiliklar