Rossiya konsulligi darvozasiga mashina urildi, haydovchi hibsda

1 daqiqa o'qish1.4K
Rossiya konsulligi darvozasiga mashina urildi, haydovchi hibsda

Avstraliyaning Sidney shahrida Rossiya Bosh konsulligi oldida kutilmagan va shov-shuvli holat sodir bo‘ldi. 1 sentyabr kuni ertalab oq rangli yo‘ltanlamas mashina Rossiya konsulligining temir darvozasiga kelib urildi. Bu haqida mahalliy OAV, jumladan ABC telekanali xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, voqea mahalliy vaqt bilan soat 8:00 atrofida ro‘y bergan. Yangi Janubiy Uels politsiyasiga konsullik hududi yaqinida turgan shubhali avtomobil haqida xabar kelib tushgan. Hodisani o‘rganish uchun yetib kelgan politsiya xodimlari 39 yoshli haydovchi bilan suhbat o‘tkazishga uringan paytda u to‘satdan mashinani ishga tushirib, konsullik hududiga kirib borgan. Biroq harakat uzoqqa cho‘zilmagan — avtomobil faqatgina temir darvozaga urilib to‘xtagan.

Hodisadan so‘ng haydovchi hibsga olingan va politsiya bo‘limiga olib ketilgan. Konsullik darvozasiga urilgan mashina esa evakuator yordamida hududdan olib chiqib ketilgan.

Hozirda mazkur voqea bo‘yicha tergov ishlari davom etmoqda. Rasmiylar ma’lum qilishicha, tekshiruv jarayoniga Avstraliya federal politsiyasi ham jalb etilgan.

Ayni paytga qadar Rossiya tomoni hodisa yuzasidan hech qanday rasmiy bayonot bermagan. Mutaxassislar esa bu harakatning sabablari, haydovchining shaxsiy motivlari va unga nisbatan qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan jazo choralari yuzasidan surishtiruv olib borilmoqda.

Shu tariqa, Sidneydagi Rossiya konsulligi oldidagi g‘ayrioddiy hodisa xalqaro ommaviy axborot vositalari va jamoatchilikning katta e’tiborini o‘ziga tortdi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?