date

To‘qayev BMT islohoti zarurati haqida qat’iy bayonot berdi

To‘qayev BMT islohoti zarurati haqida qat’iy bayonot berdi

Qozog‘iston rahbari Qosim-Jo‘mart To‘qayev «SHHT plyus» sammitida so‘zlagan nutqida BMTning kelajagi va uni yangilash masalasiga alohida to‘xtaldi. Uning ta’kidlashicha, bugungi murakkab geosiyosiy voqelik sharoitida Birlashgan Millatlar Tashkiloti universal va mustaqil institut sifatida albatta qo‘llab-quvvatlanishi lozim.

Prezident fikricha, BMTni isloh qilish — ayniqsa, uning asosiy tuzilmasi sanalgan Xavfsizlik Kengashini yangilash kun tartibidan tushmasligi kerak.

«Bu jarayonning qanchalik murakkab ekanini yaxshi anglaymiz, ammo boshqa yo‘l yo‘q. Agar hozirgi avlod yetakchilari ushbu mas’uliyatdan voz kechsa, bu butun dunyo davlatlarining BMTga bo‘lgan ishonchini keskin zaiflashtiradi», — dedi To‘qayev.

Shu bilan birga, Qozog‘iston rahbari Xitoy raisi tomonidan ilgari surilgan Global Governance Initiative — global boshqaruv tashabbusini yuqori baholadi. Uning ta’kidlashicha, mazkur dastur xalqaro hamjamiyat taraqqiyotining istiqbollariga bag‘ishlangan uzoq muddatli qarashlarni o‘z ichiga olib, yanada adolatli va barqaror dunyo tartibini barpo etish yo‘lida umumiy harakatlarni kuchaytiradi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » To‘qayev BMT islohoti zarurati haqida qat’iy bayonot berdi