Iqlim inqirozi go‘sht bozorini rekord darajada qimmatlatdi

2 daqiqa o'qish737
Iqlim inqirozi go‘sht bozorini rekord darajada qimmatlatdi

So‘nggi oylarda dunyo go‘sht bozorida keskin o‘zgarishlar kuzatilmoqda. Xalqaro nashrlar, jumladan Bloomberg ma’lumotlariga ko‘ra, iqlim o‘zgarishi, chorvachilikda kasalliklarning ko‘payishi va AQSH hamda Xitoyda mol go‘shtiga talabning oshib borishi narxlarni tarixiy yuqori cho‘qqiga olib chiqdi.

Faqat mol go‘shti emas, sut mahsulotlari bozoridagi qimmatchilik ham qoramollarni so‘yishni qisqartirib, bozorga qo‘shimcha bosim qo‘shmoqda. Bu jarayon o‘z navbatida global zaxiralarni kamaytib, iste’molchilar uchun yangi muammolar tug‘dirmoqda.

BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) hisobotida ta’kidlanishicha, avgust oyida go‘sht narxlari indeksi yana rekordni yangiladi. Ayrim mamlakatlarda bu holat inflyatsiya bosimini kuchaytirdi. Masalan, Buyuk Britaniyada mol go‘shti narxi o‘tgan oyda 25 foizga qimmatlagan.

Dunyodagi yetakchi chorvadorlar ham qiyinchilikdan qocha olmayapti. AQSHda qoramol soni oxirgi o‘n yillikdagi eng past ko‘rsatkichga tushib ketgan, Braziliyada ham shunday holat kuzatilmoqda. Ob-havo beqarorligi qoramolchilikni qayta tiklash jarayonini qiyinlashtirayotgani aytiladi.

FAO ma’lumotlariga ko‘ra, AQSHdagi kuchli talab Avstraliya bozorida narxlarni ko‘targan, Xitoy esa Braziliyadan go‘sht import qilishni faol davom ettirmoqda. Bu holat hatto AQSH bozorida tariflar oshishi tufayli savdo pasayganiga qaramay, braziliyalik yetkazib beruvchilarni qo‘llab-quvvatlamoqda.

Sut mahsulotlariga talab va narxning oshib borishi ham mol go‘shti bozoriga ta’sir qilmoqda. FAO iqtisodchisi Monika Totxovaning ta’kidlashicha: “Agar sariyog‘ va pishloq qimmat bo‘lsa, fermerlar sigirlarini darrov go‘shtga so‘yishga shoshilmaydi. Bu esa bozorda go‘sht taklifini cheklaydi.”

O‘zbekistondagi holat

Statistika agentligiga ko‘ra, so‘nggi bir yilda O‘zbekistonda suyaksiz mol go‘shti 25,7 foizga, suyaklisi 24,9 foizga qimmatladi. Qo‘y go‘shti esa o‘tgan yilga nisbatan 28,5 foizga yuqori narxda sotilmoqda.

2025 yil avgust oyida esa narxlar yana o‘sdi: suyaksiz mol go‘shti 0,7 foizga, suyaklisi 0,2 foizga, qo‘y go‘shti esa 1,4 foizga qimmatlagan.

Shu bilan birga, bozorlarda arzonlashtirilgan narxlarda (65–75 ming so‘m oralig‘ida) mol go‘shti sotilishi umumiy ko‘rsatkichlarni bir oz barqarorlashtirgan.

Import raqamlari ham o‘sishda davom etmoqda. Avgustda mamlakatga 84,7 million dollarlik go‘sht mahsulotlari olib kirilgan, bu iyuldagi ko‘rsatkichdan ko‘proq. Faqat mol go‘shti importining o‘zi 66,1 million dollarni tashkil etgan.

2025 yilning dastlabki yetti oyida esa O‘zbekiston go‘sht va go‘sht mahsulotlarini o‘tgan yilga nisbatan 74 foizga ko‘proq import qilgan va bu ko‘rsatkich 420 million dollarga yetgan.

Mutasaddilarning ta’kidlashicha, bu tendensiya agar davom etsa, ichki bozorda go‘sht narxlari yana oshib borishi ehtimoldan xoli emas.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?