Donald Tramp Markaziy Osiyoga kelishi mumkinligi aytilmoqda

1 daqiqa o'qish608
Donald Tramp Markaziy Osiyoga kelishi mumkinligi aytilmoqda

Eurasianet tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, Donald Tramp tarixda Markaziy Osiyoga tashrif buyurgan birinchi AQSH prezidenti bo‘lishi ehtimoldan holi emas.

Nashr eslab o‘tganidek, prezident Shavkat Mirziyoyev Trampni Toshkentga taklif qilib kelmoqda. O‘zbekiston tomoni bir necha bor rasmiy taklif yo‘llagan, shuningdek, aprel oyida tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov boshchiligidagi delegatsiya Oq uyga shaxsan taklifnomani topshirgan.

Ma’lumki, 2018-yilda Mirziyoyev AQSHga tashrif buyurib, Oq uyda Donald Tramp bilan uchrashgan edi. O‘sha paytda Amerika rahbari Mirziyoyev haqida “juda hurmatli inson” deb baho bergani tarixdan o‘rin olgan.

Joriy yilning 5-sentyabr kuni bo‘lib o‘tgan telefon suhbatida ham Mirziyoyev Trampga “qulay vaqtda” O‘zbekistonga kelishi uchun taklifni takrorlagani aytiladi.

Shunga qaramay, nashrning Vashingtondagi manbalari 9-sentyabr holatiga ko‘ra, hali Markaziy Osiyoga safar qilish haqida aniq qaror qabul qilinmaganini ta’kidladi.

Eurasianet tahlilchilari Trampning ehtimoliy tashrifi faqat O‘zbekiston bilan chegaralanmasdan, Qozog‘iston yo‘nalishini ham o‘z ichiga olishi mumkin, deya taxmin bildirishmoqda.

Shu tariqa, agar tashrif amalga oshsa, bu tarixiy voqea bo‘lib, Markaziy Osiyo va AQSH munosabatlarida yangi sahifa ochishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?