Shimoliy Koreyada “gamburger” “muzqaymoq” va “karaoke“ demoq ham taqiqlandi

1 daqiqa o'qish283
Shimoliy Koreyada “gamburger” “muzqaymoq” va “karaoke“ demoq ham taqiqlandi

Shimoliy Koreya yana bir noodatiy qaror bilan jamoatchilik e’tiboriga tushdi. Mamlakatda turizm sohasida ishlashi kutilgan gidlar uchun yangi o‘quv dasturi yo‘lga qo‘yildi va unda asosiy talablardan biri sifatida ingliz va janubiy koreys tilidan kirib kelgan so‘zlardan foydalanmaslik belgilab qo‘yildi. Bu haqda Daily NK nashri ma’lum qildi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 21 avgustdan boshlab butun mamlakat bo‘ylab gidlarni tayyorlash kurslari boshlangan. Ularni Koreya Mehnat partiyasi kadrlar boshqarmasi to‘liq nazorat qilmoqda. Har bir guruhda 20–30 nafardan tinglovchi tahsil olmoqda. Ularning o‘quv dasturida nafaqat kasbiy tayyorgarlik, balki xulq-atvor, turistlar bilan muloqot qilish uslubi, kiyinish qoidalari kabi jihatlar ham o‘z ifodasini topgan.

Eng asosiysi — gidlar nutqi. Hukumat mutasaddilari so‘z va iboralarni tanlash masalasiga alohida e’tibor qaratgan. Masalan, “gamburger” so‘zining o‘rniga “mol go‘shti qiymasi solingan ikki qavatli non” degan uzun ta’rif ishlatish tavsiya qilingan. “Muzqaymoq” uchun esa “eskimo” yoki “muzli qandolat” atamalari qo‘llanishi shart. Shuningdek, Janubiy Koreyada keng tarqalgan “karaoke” o‘rniga “ekranda jo‘r bo‘luvchi mashina” iborasi tavsiya etilgan.

Dasturning asosiy maqsadi — gidlarni faqat “shimoliy koreyscha” leksika bilan ishlashga o‘rgatish. Chet tilidan o‘zlashgan so‘zlar, ayniqsa janubiy qo‘shnidan kelgan iboralar mutlaqo yo‘qotilishi lozim.

Biroq stajorlardan biri jurnalistlarga, “Ba’zan chet tilidagi so‘zlarni ishlatishga to‘g‘ri keladi, chunki turistlar shundagina tushunishadi”, — deb aytib o‘tdi. Shu bilan birga, noto‘g‘ri gapirgan gidni dasturdan chiqarishlari mumkinligi ham ta’kidlandi.

O‘quv kursi uch oy davom etadi. Yakunda stajorlar imtihon topshiradi va natijaga qarab ishga qabul qilinadi. Mamlakat 2020 yildan beri pandemiya sababli sayyohlar uchun yopiq edi. Faqat to‘rt yildan so‘ng — 2024 yil fevralida birinchi marta Rossiyadan kelgan turistik guruh Pxenyan va chang‘i kurortiga tashrif buyurdi. Shuningdek, 2025 yil yozidan Shimoliy Koreyaning yirik loyihalaridan biri — Vonsan-Kalma kurort majmuasi ham faoliyat boshladi.

Mutaxassislar fikricha, bu qaror nafaqat til siyosati, balki mamlakatning turizm siyosatidagi yangi bosqich sifatida ham baholanishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?