Tramp 15 milliard dollar da’vo bilan The New York Times gazetasiga hujum qildi

1 daqiqa o'qish370
Tramp 15 milliard dollar da’vo bilan The New York Times gazetasiga hujum qildi

AQSH siyosiy maydonida yana bir shov-shuvli voqea qayd etildi. Prezident Donald Tramp mamlakatning eng nufuzli nashrlaridan biri — The New York Times'ga qarshi sudga da’vo arizasi kiritdi. Uning talabiga ko‘ra, tahririyat 15 milliard dollar miqdorida tovon to‘lashi lozim.

Tramp o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida chiqish qilib, “The New York Times yigirma yildan ortiq vaqt mobaynida sizning sevimli prezidentingiz (men haqimda!), oilam, biznesim, 'Amerika birinchi' shiori va butun mamlakatimiz haqida asossiz va yolg‘on ma’lumot tarqatib kelmoqda”, — deya keskin bayonot berdi.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, nashr 2024 yilgi saylov jarayonlarida ham hech qanday betaraflik saqlamagan va o‘sha paytda vitse-prezident lavozimida bo‘lgan Kamala Harrisni ochiqdan-ochiq qo‘llab-quvvatlagan. Shu bois u gazetani “so‘l radikal demokratlar partiyasining ovozi” sifatida atadi.

Tramp media maydonidagi murosasiz kurashi bilan allaqachon tanilgan. Uning aytishicha, ko‘plab OAVlar bir necha yildan beri uning nomiga asossiz haqoratlar yoyib, nufuzini tushirishga harakat qilmoqda. Shu maqsadda u faqat The New York Times emas, balki ABC News, CBS telekanallari va The Wall Street Journal'ga nisbatan ham sudga murojaat qilgan. Ma’lumotlarga ko‘ra, ABC News va CBS bilan taraflar sudgacha kelishuvga erishgan, ammo The New York Times masalasi hali ochiq qolmoqda.

Tahlilchilarning fikricha, bu kabi harakatlar Trampning siyosiy strategiyasining bir qismi sifatida qaralishi mumkin. Chunki u o‘zini ommaviy axborot vositalariga qarshi “qurbon” sifatida ko‘rsatib, elektoratning e’tiborini yanada jalb qilishga urinmoqda.

Mutaxassislar ta’kidlashicha, agar da’vo qondirilsa, bu nafaqat AQSHda, balki butun dunyoda media va siyosat munosabatlariga katta ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Chunki 15 milliard dollarlik tovon ta’rixiga ko‘ra eng katta media da’volaridan biri hisoblanadi.

Jamoatchilik esa hozircha ikki lagerga bo‘linib olgan: kimdir Trampni haq deb hisoblasa, boshqalar uni matbuot erkinligiga tahdid qilayotganlikda ayblamoqda. Ammo aniq narsa bor: bu ish Amerika siyosiy sahnasida yana uzoq vaqt muhokama etiladi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?