Albaniya parlamentida sun’iy intellekt vaziri sabab mojaro chiqdi

1 daqiqa o'qish525
Albaniya parlamentida sun’iy intellekt vaziri sabab mojaro chiqdi

Albaniya siyosiy maydonida tarixiy voqea ro‘y berdi — mamlakat parlamentida sun’iy intellekt asosida yaratilgan birinchi virtual vazir Diella nutq so‘zlaganidan so‘ng yig‘ilish tartibsizlikka aylandi. Bu haqda Albanian Times xabar tarqatdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, 18-sentyabr kuni parlamentda hukumat dasturi taqdim etildi va yangi kabinetga ishonch bildirish masalasi ko‘rib chiqildi. Sessiya kutilganidan ancha qisqa bo‘lib, atigi 24 daqiqa davom etdi. 82 nafar sotsialist deputat bosh vazir Edi Rama taklif etgan kabinet tarkibini ma’qulladi. Shundan keyin spiker Niko Peleshi yig‘ilishni yopiq deb e’lon qildi.

Biroq Diella — davlat xaridlari uchun mas’ul qilib tayinlangan sun’iy intellekt vaziri sahnaga chiqishi muxolifat tomonidan keskin qarshi olindi. Deputatlar stollarni taqillatib, yig‘ilishni buzishga urinishdi. Hatto ular qo‘llariga tushgan Konstitutsiya kitoblari va suvli idishlarni bosh vazir hamda hukumat a’zolariga uloqtirishdi.

Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videolarda voqea qanday kuchayganini ko‘rish mumkin. Hatto xorijlik elchilar ham zalda o‘tirgan holda, quloqchin taqib, mojaroni kuzatgani tartibsizliklarni to‘xtatishga yordam bermadi. Qisqa tanaffus ham vaziyatni yumshatmadi.

Diella esa o‘z nutqida o‘zini himoya qildi. U Konstitutsiyaga zid ravishda tayinlanmaganini ta’kidlab, deputatlardan o‘z vazifasiga erta baho bermaslikni so‘radi. Sun’iy intellekt vaziri o‘z bayonotida konstitutsiya qoidalarini yodga soldi va mamlakat rivojiga qo‘shadigan hissasi haqida gapirdi.

Eslatib o‘tamiz, 12-sentyabr kuni Albaniya hukumati tarixiy qaror qabul qilib, sun’iy intellekt asosida ishlaydigan modelni davlat xaridlari uchun mas’ul vazir sifatida tayinlaganini ma’lum qilgan edi.

Bu voqea Albaniyada siyosiy hayotda yangi bosqich boshlanganini ko‘rsatmoqda. Biroq muxolifatning qattiq qarshiligi bu tajribani qanchalik davomli bo‘lishi haqida katta savollar uyg‘otmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?