Rossiyada erkaklar soni keskin qisqarib, demografik muammo kuchaydi

1 daqiqa o'qish3.8K
Rossiyada erkaklar soni keskin qisqarib, demografik muammo kuchaydi

Rossiyada demografiya bo‘yicha so‘nggi yillarda keskin o‘zgarish kuzatilmoqda. Civixplorer kompaniyasi tomonidan o‘tkazilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, mamlakat aholisi tarkibida erkaklar ulushi sezilarli darajada kamayib ketgan.

Ayollar soni ustunlik qilmoqda

2024 yilgi hisobotda Rossiya aholisining 63 foizi ayollar, atigi 37 foizi esa erkaklar ekani qayd etilgan. Mutaxassislar bu holatning asosiy sabablaridan biri sifatida 2022 yildan beri davom etayotgan Ukraina bilan urushi va unda yuz bergan yo‘qotishlarni tilga olishmoqda.

Shuningdek, tadqiqotda Rossiya bilan bir qatorda ayollar soni ko‘pchilikni tashkil etadigan mamlakatlar ham sanab o‘tilgan. Masalan:

AQSH — 52,7% ayollar, 47,3% erkaklar;
Braziliya — 53,3% ayollar, 46,7% erkaklar;
Bangladesh — 53,8% ayollar, 46,2% erkaklar;
Meksika — 54,4% ayollar, 45,6% erkaklar;
Yaponiya — 55,5% ayollar, 44,5% erkaklar;
Germaniya — 52,3% ayollar, 47,7% erkaklar;
Tailand — 55% ayollar, 45% erkaklar.

  • Rossiyada erkaklar soni keskin qisqarib, demografik muammo kuchaydi

Pensionerlar orasida katta tafovut

Joriy yil may oyida e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra, Rossiyada pensiya yoshidagi ayollar erkaklardan deyarli ikki baravar ko‘p. Rossiya Ijtimoiy jamg‘armasi ma’lumotlariga asoslansak, mamlakatda 41 million 169 ming 800 nafar nafaqaxo‘r istiqomat qiladi. Ulardan 13 million 845 ming 500 nafari erkaklar bo‘lsa, ayol pensionerlar soni 27 million 324 ming 300 nafarni tashkil etmoqda.

Demografik xavflar

Mutasaddilar ta’kidlashicha, bunday tengsizlik nafaqat aholi tarkibidagi muvozanatga ta’sir qiladi, balki iqtisodiy rivojlanish, mehnat bozori va ijtimoiy siyosatda ham jiddiy muammolarni keltirib chiqarishi mumkin. Demografik muvozanatning buzilishi Rossiya kelajakda yanada katta ijtimoiy sinovlarga duch kelishi ehtimolidan darak bermoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?