date

Avstraliyada noma’lum asteroid izlariga yangi ilmiy isbotlar topildi

Avstraliyada noma’lum asteroid izlariga yangi ilmiy isbotlar topildi

Avstraliyada ilm-fan uchun ilgari noma’lum bo‘lgan asteroidning izlari topildi, deb xabar berdi “Earth and Planetary Science Letters”. Kashfiyot kosmik zarbalarda hosil bo‘ladigan tabiiy shisha — tektitlarning muzeydagi namunalarini qayta tahlil qilish orqali amalga oshirildi. Mutaxassislar tarkibi o‘ziga xos, yoshi taxminan 11 million yil bo‘lgan ilgari qayd etilmagan turdagi tektitlarni aniqladi.

Olimlar ularni mashhur Avstralaziya sochilma maydonidagi tektitlar bilan solishtirdi: o‘sha namunalar qariyb 780 ming yillik bo‘lib, yer yuzi miqyosida keng tarqalgan; yangi topilmalar esa taxminan 15 baravar qadimiy va cheklangan hududga tegishli. Bu ular boshqa kosmik hodisa natijasi ekanini ko‘rsatadi. Shu bilan birga, zarba natijasidagi aniq krater hali topilmadi.

Tadqiqotchilar ta’kidlashicha, qadimgi asteroid urilishlarining chastotasi va quvvatini o‘rganish kelgusi xatarlarni baholash hamda sayyorani himoya qilish mexanizmlarini ishlab chiqishda hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi. Eslatib o‘tamiz, shu yil yerga eng yirik asteroidlardan biri yaqinlashib, oy yonidan taxminan 800 ming km masofada xavfsiz uchib o‘tgani xabar qilingandi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Avstraliyada noma’lum asteroid izlariga yangi ilmiy isbotlar topildi