Tramp BMT sammitida 20 rahbar bilan uchrashadi

Tramp BMT sammitida 20 rahbar bilan uchrashadi

AQSH prezidenti Donald Tramp BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasida bir qator uchrashuvlar o‘tkazishini bildirdi. Uning so‘zlariga ko‘ra, u yigirmaga yaqin mamlakat yetakchilari bilan muloqot qilishni rejalashtirmoqda. Bu haqda u Oq uyda jurnalistlar savollariga javob bergan paytda ma’lum qildi.

— Ko‘p rahbarlar bilan suhbat qilamiz, taxminan yigirma atrofida. Hamma uchrashishni istayapti, ayrimlari bilan uchrashamiz, — dedi Tramp.

Ma’lumot uchun, BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi doirasidagi asosiy tadbirlar 23–27 va 29 sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan umumiy siyosiy muhokamalardan iborat bo‘ladi. Unda jami 195 mamlakat delegatsiyalari vakillari nutq so‘zlashi kutilmoqda.

Izohlar 0

Mavzuga oid yangiliklar