Kanada va Avstraliya Falastin davlatini rasman tan oldi

1 daqiqa o'qish375
Kanada va Avstraliya Falastin davlatini rasman tan oldi

2025-yil 21-sentabr kuni Kanada va Avstraliya hukumatlari Falastin davlatini rasman tan oldi, deb xabar berdi Kursiv media. Bu qaror BMT Bosh Assambleyasi haftaligi arafasida ittifoqchilar bilan muvofiqlashtirilgan holda e’lon qilindi.

Kanada Bosh vaziri Mark Karni rasmiy bayonot bilan chiqdi. Ottava Falastin davlatini tan olishni “ikki davlatli yechim” imkoniyatini saqlab qolishga qaratilgan xalqaro sa’y-harakatlarning bir qismi sifatida baholadi. Bayonotda Kanada Falastin xalqini tinch kelajak sari hamkorlikka chaqiradi.

Bayonotda, shuningdek, bu qadam HAMAS emas, balki tinchlik tarafdorlari pozitsiyasini mustahkamlashi aytilgan. Terrorizmni tan olish yoki rag‘batlantirish sifatida talqin qilinmasligi lozim.

Kanada shu bilan birga Isroil, uning xalqi va xavfsizligini qo‘llab-quvvatlashda davom etishini bildirdi. Bu xavfsizlik esa “ikki davlatli yechim” orqali kafolatlanishi mumkin.

Avstraliya ham rasmiy bayonot berdi. Kanberra tomonidan bu qaror Bosh vazir Entoni Albanese va tashqi ishlar vaziri Penni Vong tomonidan e’lon qilindi. Ular bu qadamni BMT doirasidagi diplomatik tashabbuslarning bir qismi sifatida baholadi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?