Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on qator davlatlarning Falastin davlatini e’tirof etish haqidagi qarori tarixiy va juda katta ahamiyatga ega ekanini ta’kidladi.
Erdo‘g‘on Nyu-Yorkda Falastin masalasiga bag‘ishlangan anjumanda so‘zga chiqib, mintaqadagi og‘ir vaziyatga e’tibor qaratdi.
“Qariyb ikki yildan buyon Isroil hukumatining kuchayib borayotgan tajovuzlari tufayli mintaqamiz halokatli gumanitar inqirozni boshdan kechirmoqda. G‘azoda 65 mingdan ortiq inson hayotini yo‘qotgan qirg‘in hali ham to‘xtagani yo‘q. Vijdonli biror kishi bu voqealarga ko‘z yuma olmaydi yoki bunday siyosat oldida sukut saqlay olmaydi”, — dedi u.
Prezidentning ta’kidlashicha, Falastin davlatini amalga oshirishga to‘sqinlik qilayotgan va falastinliklarni turli yo‘llar bilan qochishga majbur qilayotgan holatlar fonida, BMT Xavfsizlik Kengashi a’zosi bo‘lgan bir nechta davlatning Falastinni tan olishi o‘ta muhim va tarixiy qadamdir.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!