Turkiya Rossiyadan neft sotib olishni to‘xtatishga tayyor ekanini AQSH prezidenti Donald Tramp ma’lum qildi.
Amerika rahbari Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘on Rossiya neftini import qilishni to‘xtatishga rozi bo‘lganmi, degan savolga bevosita javob bermadi. "Ammo men uni to‘xtashini xohlasam, u to‘xtaydi", — dedi Tramp. Uning so‘zlariga ko‘ra, bu ish amalga oshadi, chunki Rossiya neftini boshqa ko‘plab mamlakatlardan xarid qilish imkoni bor. Shu bilan birga, Vengriya va Slovakiya uchun Rossiyadan neft yetkazib berishni to‘xtatish ancha qiyin bo‘lishini ham ta’kidladi.
Shu vaqtda Turkiya prezidentining aloqa bo‘limi rahbari Burhoniddin Duran Facebook sahifasida Turkiya va AQSH prezidentlari Vashingtonda o‘tkazgan muzokaralari chog‘ida bir qator muhim va samarali natijalarga erishganini yozdi.
"AQSH prezidenti Tramp bilan Oq uydagi tarixiy uchrashuv juda do‘stona muhitda bo‘ldi. Mudofaa va savdodan tortib energetika, mintaqaviy va global masalalargacha keng ko‘lamli mavzular muhokama qilindi. Bir qator yirik va sezilarli yutuqlarga erishildi", — deb ta’kidladi Duran.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!