Moldova Respublikasida mahalliy vaqt bilan soat 07:00 da parlament saylovlari boshlandi. Markaziy saylov komissiyasi ma’lumotiga ko‘ra, mamlakat bo‘ylab 1961 ta ovoz berish uchastkasi ishlamoqda. Shuningdek, xorijda 301 ta saylov punkti tashkil etilgan bo‘lib, ularda ovoz berish soatlari joyiga qarab belgilanadi.
Bu saylovda amaldagi prezident Mayya Sandu yetakchiligidagi, Yevropa Ittifoqiga qo‘shilish tarafdori bo‘lgan “Harakat va birdamlik” (PAS) partiyasi uchta rossiyaparast siyosiy kuchga qarshi raqobat olib boradi. Ular – “Vatanparvarlar” bloki, “Alternativa” bloki va “Bizning partiyamiz” partiyasi. Shu bilan birga, yana ikki partiya saylovdan oldin ro‘yxatdan chiqarildi.
Prezident Mayya Sandu murojaatida saylovning ahamiyatini ta’kidlab, shunday dedi:
“Bu jarayonda Moldovaning taqdiri hal bo‘ladi. Chunki parlament mamlakatimiz kelajagini belgilaydi. Asosiy masala — Yevropa Ittifoqiga a’zolikdir. Kreml rossiyaparast partiyalarni moliyalashtirish va ovozlarni sotib olish uchun yuzlab million yevro ajratdi. Moldovaning ravnaqi uchun adolatli ovoz bering”.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!