Quyoshda uch oydan beri eng kuchli chaqnash yuz berdi

1 daqiqa o'qish698
Quyoshda uch oydan beri eng kuchli chaqnash yuz berdi

Koinot olamining siri va qudrati yana bir bor inson zehnini hayratga soldi. 28 sentyabr kuni Quyosh yuzasida so‘nggi uch oy ichida qayd etilgan eng yirik chaqnash sodir bo‘ldi. Bu haqda Koinot tadqiqotlari institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi ma’lumot tarqatdi.

Olimlar qayd etishicha, Toshkent vaqti bilan 13:43 da Quyoshning sharqiy chekka qismida M6.4 sinfidagi kuchli impulsiv chaqnash ro‘y berdi. Bu hodisa 19 iyundan buyon kuzatilgan barcha faolliklardan kuchliroq bo‘lib, oradan uch oydan ortiq vaqt o‘tgach, Quyoshda energiyaning keskin portlashi sifatida qayd etildi.

Chaqnash o‘zidan oldin kuzatilgan faollikning oshishi bilan bog‘liq bo‘ldi. Xususan, 26 sentyabr oqshomidan boshlab Quyosh yuzasida chaqnashlar soni ko‘paydi. 27 sentyabr kuni esa bor-yo‘g‘i 24 soat ichida 19 marta chaqnash aniqlangan. Olimlar bu jarayonning so‘nggi bosqichida faollik pasayib, energiya zaxirasi kamayib borayotgani haqida xulosa qilgandi. Ammo 28 sentyabrda qayd etilgan yangi kuchli chaqnash bu taxminlarni yo‘qqa chiqardi.

Mutaxassislar hodisaning Yerga ta’siri haqida hanuz turli qarashlarga ega. Laboratoriya izohida qayd etilishicha, voqea chog‘ida katta miqdorda plazma koinotga otilgan. Biroq ularning dastlabki tezligi Quyosh tortishish kuchini yengish uchun yetarli bo‘lmagan. Demak, otilgan moddalar sayyoralararo fazoga qochib chiqolmaydi va qisqa vaqt ichida yana Quyosh yuzasiga qaytib tushishi mumkin. Shu sababli, olimlar “Quyosh botishida plazmadan iborat yomg‘ir” ehtimoli borligini aytishmoqda.

Astronomlar ta’kidlashicha, bu kabi hodisalar koinotdagi umumiy energetik muvozanatga ham, Yer atrofidagi fazo ob-havosiga ham ma’lum darajada ta’sir ko‘rsatishi mumkin. Hozircha Yerda salbiy oqibatlar qayd etilmagan bo‘lsa-da, kuzatuvlar davom ettirilmoqda.

Shu tariqa, Quyoshda sodir bo‘lgan navbatdagi yirik chaqnash insoniyatga koinotning qanchalik qudratli va nazoratdan tashqari jarayonlarga boy ekanini yana bir bor yodga soldi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?