date

Dunyoda ijara narxi eng baland va arzon shaharlar ma’lum qilindi

Dunyoda ijara narxi eng baland va arzon shaharlar ma’lum qilindi

«RIA Novosti» ma’lumotlariga ko‘ra, dunyoda bir xonali kvartira ijarasi bo‘yicha eng yuqori narxlar qayd etilgan shaharlar reytingi e’lon qilindi. Ro‘yxatning yuqori pog‘onasidan Buyuk Britaniya poytaxti London joy oldi.
Sentyabr oyida Londonda bir xonali kvartira ijarasi o‘rtacha 2800 dollarni tashkil etgan. Agar markaziy hududlarga e’tibor qaratsak, bu ko‘rsatkich 3100 dollargacha yetadi. Singapurda ham ijara narxi deyarli bir xil — Londondan faqat bir necha dollar arzon. Bu esa Osiyoning moliyaviy markazida ham uy-joy ijarasi mutlaqo oson emasligini ko‘rsatadi.
AQSH poytaxti Vashingtonda o‘rtacha ijara narxi 2300 dollar atrofida. Yevropaning mashhur shaharlaridan Amsterdamda bu ko‘rsatkich 2250 dollar bo‘lsa, Dublin ijara bozorida 2200 dollarlik narx kuzatilmoqda. Islandiya poytaxti Reykyavikda esa bir xonali kvartira oyiga o‘rtacha 2160 dollarga tushadi.
Top-10likka kirgan boshqa shaharlar orasida Lyuksemburg va Gonkong (2000 dollar), Bern (1800 dollar) hamda Kopengagen (1750 dollar) bor. Bu shaharlarda yashash va ijaraga olish qiymati yuqori bo‘lib, ko‘pchilik uchun moliyaviy jihatdan jiddiy sinov bo‘lib qolmoqda.
Biroq reytingning eng quyi qismida butunlay boshqacha manzara kuzatiladi. Eng arzon ijara narxi Bangladesh poytaxti Dakada qayd etilgan — bu yerda bir xonali uy oyiga atigi 93 dollarga tushadi. Shuningdek, Pokiston poytaxti Islomobodda o‘rtacha narx 158 dollar, Zambiyaning Lusakasi va Misr poytaxti Qohirada 175 dollar, Jazoyirda 184 dollar hamda Hindiston poytaxti Nyu Dehlida esa 185 dollardan oshib ketmaydi.
Bu raqamlar global ijara bozoridagi keskin farqlarni yaqqol ko‘rsatib turibdi. Bir shaharda kvartira oyiga minglab dollar tursa, boshqa bir poytaxtda uni deyarli yuz dollarga topish mumkin. Ekspertlar fikricha, bu farq iqtisodiy rivojlanish darajasi, aholi daromadi va talab-yetarlilik balansidan kelib chiqadi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Dunyoda ijara narxi eng baland va arzon shaharlar ma’lum qilindi