date

Putin Rossiyaning yangi quroli haqida so‘z ochdi

Putin Rossiyaning yangi quroli haqida so‘z ochdi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mamlakat harbiy sohasidagi yangi yutuq haqida ma’lumot berdi. Unga ko‘ra, yaqin vaqt ichida Rossiya o‘zining yangi quroli yaratilganini rasman e’lon qilishi mumkin. Davlat rahbari ta’kidlashicha, qurol sinovlari allaqachon boshlangan va ular muvaffaqiyatli o‘tmoqda.

«Bizning ilgari e’lon qilingan yangi qurol haqida tez orada ma’lum qilish imkonimiz bo‘ladi. U yaratilmoqda, sinovlar esa juda yaxshi natija ko‘rsatmoqda», — dedi Putin Dushanbedagi matbuot anjumanida.

Prezidentning ta’kidlashicha, yangi qurol qit’alar, dengiz va havo miqyosida “o‘ta yuqori darajadagi” imkoniyatlarga ega bo‘ladi. Shu bilan birga, Putin Rossiyada yadroviy to‘xtatish tizimini yangilash va bu sohani yanada kuchaytirish bo‘yicha ishlar faol olib borilayotganini ham qayd etdi.

Putinning bu bayonoti Rossiyaning harbiy salohiyati yanada oshishidan darak bermoqda.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Putin Rossiyaning yangi quroli haqida so‘z ochdi