Rossiya Banki yangi 500 rubllik kupyura dizayni uchun o‘tkazilayotgan onlayn ovoz berish jarayonini vaqtincha to‘xtatdi. Regulyatorning rasmiy bayonotida qayd etilishicha, ovoz berish natijalarida sun’iy faollik va soxta ovozlar qayd etilgani aniqlangan.
Ma’lumotlarga ko‘ra, tanlovda ikki asosiy variant — Kavkazning eng baland cho‘qqisi hisoblangan Elbrus va Checheniston poytaxtidagi zamonaviy majmua Grozniy-Siti raqobatlashgan.
Rossiya Banki bildirishicha, ovoz berish jarayonida ayrim texnik va axborot xavfsizligiga oid qoidalar buzilgan. Shu bois, tanlov yakunidagi hisob natijalari haqiqiy holatni aks ettirmasligi mumkinligi ta’kidlandi.
Qizig‘i shundaki, bir kun oldin Checheniston rahbari Ramzan Kadirov o‘z Telegram kanali orqali Grozniy manfaatiga ovoz bergan foydalanuvchilar uchun qo‘shimcha rag‘batlantirish tanlovini e’lon qilgan edi. U 10 nafar g‘olibga iPhone smartfonlarini taqdim etishni va’da qilgan.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!