OTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 million dollar ajratadi

1 daqiqa o'qish162
OTB O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 million dollar ajratadi

Osiyo taraqqiyot banki (OTB) O‘zbekiston iqtisodiyotiga 500 million dollar miqdorida qarz ajratishni ma’qulladi, deb Kursiv.media xabar berdi. Mablag‘ “Iqtisodiy boshqaruvni takomillashtirish dasturi” (2-bosqich) doirasida taqdim etiladi.

Dastur orqali davlat korxonalarini zamonaviy boshqarish, fiskal shaffoflikni oshirish va raqobatbardosh iqtisodiy muhitni shakllantirish maqsad qilingan. Bu amalga oshirilayotgan islohotlarning uzviy davomi sanaladi.

OTBning O‘zbekistondagi vakolatxonasi direktori Kanokpan Lao-Araya ta’kidlashicha, bank mamlakatni JSTga a’zo bo‘lish va global iqtisodiyotda chuqurroq ishtirok etish sari harakatlarida qo‘llab-quvvatlashga sodiq.

Dastur quyidagi yo‘nalishlarda islohotlarni o‘z ichiga oladi:

  • davlat-xususiy sheriklikda yagona tartiblarni joriy etish;

  • raqobat va investitsiyani boshqarish bo‘yicha yangi qonunlar qabul qilish;

  • davlat korxonalarini xalqaro standartlar asosida boshqarish;

  • soliq bazasini kengaytirish va xalqaro soliq hamkorligini rivojlantirish;

  • korrupsiyaga qarshi kurash va manfaatlar to‘qnashuviga qarshi qonunchilik joriy etish.

Shuningdek, dastur ijtimoiy himoya tizimini kuchaytirishni ham nazarda tutadi. Bu aholining zaif qatlamlariga islohotlar ta’sirini yumshatishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, joriy yilda O‘zbekiston va OTB hamkorligiga 30 yil to‘ldi. 1995-yildan buyon bank mamlakatga 14,6 milliard dollarlik yordam ko‘rsatgan.

OTB 30-sentabrda e’lon qilgan hisobotida O‘zbekiston iqtisodiy o‘sishi prognozi o‘zgarmaganini bildirgan. 2025-yilda o‘sish 6,6 foiz, 2026-yilda esa 6,7 foiz bo‘lishi kutilmoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?