Jahon banki O‘zbekiston elektr tarmoqlariga $100 mln ajratadi

Jahon banki O‘zbekistondagi elektr infratuzilmasini yangilash va raqamlashtirish loyihasi uchun 100 million dollar ajratadi. 27 oktyabr kuni tasdiqlangan dastur doirasida mamlakat bo‘ylab 60 ta muhim elektr podstansiyasini modernizatsiya qilish va ularning boshqaruv tizimlarini raqamlashtirish rejalashtirilgan.
Loyihaning umumiy qiymati 371 million dollarni tashkil etadi. Ushbu mablag‘ uchta manba hisobidan shakllantiriladi:
• Jahon banki: 100 million dollar.
• Osiyo taraqqiyot banki: 200 million dollar.
• O‘zbekiston hukumati: 71 million dollar.
Dasturning asosiy maqsadi elektr tarmoqlari samaradorligini oshirish va mamlakatda elektr ta’minoti barqarorligini mustahkamlashdan iborat. Buning uchun tanlangan 60 ta podstansiyada mavjud uskunalar va boshqaruv tizimlari yangilanadi, raqamli texnologiyalar joriy etiladi.
Loyiha amalga oshirilishi natijasida elektr tarmoqlaridagi uzilishlarni kamaytirish, podstansiyalar ishini samarali boshqarish va elektr energiyasini iste’molchilarga yetkazib berish ishonchliligini oshirish ko‘zda tutilgan.

























Izohlar 0
…