Kiprda futbol klubi prezidenti otib ketildi: politsiya qotilni qidirmoqda

1 daqiqa o'qish556
Kiprda futbol klubi prezidenti otib ketildi: politsiya qotilni qidirmoqda

Kiprda jinoyat dunyosini titratgan fojia sodir bo‘ldi. “Knews” portali yozishicha, “Karmiotissa” futbol klubi prezidenti Stavros Dimostenus Limasol avtomagistralida noma’lum shaxs tomonidan otib o‘ldirilgan.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, hujumchi mototsiklda harakatlanib kelib, Dimostenus boshqaruvidagi avtomobilga qarata bir necha marotaba o‘q uzgan. Hodisa juda tez sodir bo‘lgani bois, mahalliy aholi hech narsaga ulgurmadi.

Fojia ortidan politsiya kuchlari darhol voqea joyiga yetib bordi, avtomagistral vaqtincha yopildi. Tergovchilar hozirda videokuzatuv yozuvlarini o‘rganmoqda va hodisa guvohlaridan ko‘rsatma olmoqda.

Huquq-tartibot idoralari qotillik qasddan amalga oshirilganini tasdiqladi. Aynida jinoyatchini qidirish bo‘yicha maxsus operatsiya boshlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Stavros Dimostenus Kipr futbolida yaxshi tanilgan shaxs bo‘lib, so‘nggi yillarda “Karmiotissa” klubining moliyaviy tiklanishiga katta hissa qo‘shgan. Mahalliy ommaviy axborot vositalari uning o‘limi ortida iqtisodiy yoki shaxsiy nizo turishi mumkinligini taxmin qilmoqda.

Mahalliy jamoatchilik ushbu hodisadan shok holatida. Kipr politsiyasi jinoyatni tez fursatda ochish va javobgarlarga chora ko‘rish uchun barcha resurslarni safarbar etganini ma’lum qildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?