date

Ispaniya shahrida Hellouin sabab qora mushuklar himoyaga olindi

Ispaniya shahrida Hellouin sabab qora mushuklar himoyaga olindi

Ispaniyaning Terrassa shahrida qora mushuklarni asrab olish vaqtinchalik to‘xtatildi. Bu haqda BBC nashri xabar berdi.

Ma’lumotlarga ko‘ra, mahalliy hayvonlarni himoya qilish xizmati 6 oktyabrdan 10 noyabrgacha qora mushuklarni vaqtinchalik parvarishga yoki doimiy asrab olishga oid arizalarni qabul qilmaslikka qaror qilgan. Bu qaror Hellouin bayrami arafasida qora mushuklarning zarar ko‘rishi yoki bayram ramzi sifatida suiiste’mol qilinishi xavfidan himoya qilish maqsadida qabul qilingan.

Terrassa shahar meri o‘rinbosari Noel Dyukning so‘zlariga ko‘ra, har yili Hellouin oldidan aynan qora mushuklarni asrab olishga bo‘lgan qiziqish keskin ortadi.

Hozirda shaharda 9800 dan ziyod mushuk yashaydi. Asrab olish markazlarida esa 100 ga yaqin mushuk bor bo‘lib, ularning 12 tasi qora rangda.

Shahar kengashi bu chorani “vaqtinchalik va ehtiyot ifodasi” sifatida baholab, hayvonlar xavfsizligi va farovonligini ta’minlashda muhim qadam ekanini ta’kidladi.

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ispaniya shahrida Hellouin sabab qora mushuklar himoyaga olindi