Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron viza joriy etishi mumkin

1 daqiqa o'qish204
Turkiya O‘zbekiston fuqarolari uchun elektron viza joriy etishi mumkin

Turkiya va O‘zbekiston o‘rtasida strategik sheriklik yangi bosqichga ko‘tarilishi mumkin. Turkiya Ichki ishlar vazirligida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ikki davlat fuqarolari uchun qulaylik yaratishga qaratilgan qator tashabbuslar muhokama qilindi, deb xabar berdi mahalliy OAV.

Uchrashuvda vazir o‘rinbosari Mehmet Aqtash O‘zbekiston bilan munosabatlar izchil rivojlanayotganini ta’kidlab, fuqarolar uchun bir nechta yangi imkoniyatlar haqida ma’lumot berdi.

Jumladan, Turkiya hukumati O‘zbekiston fuqarolari uchun ish vizasini elektron tarzda rasmiylashtirish tizimini joriy etishni ko‘rib chiqmoqda. Bu hujjat to‘plash va ariza berish jarayonini ancha soddalashtiradi.

Shuningdek, mamlakatda bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar Turkiyani tark etmasdan turib, ishlash ruxsatnomasini olish imkoniga ega bo‘lishi mumkinligi muhokama qilingan.

Tomonlar noqonuniy migratsiyani tartibga solish va qonun buzgan fuqarolarni aniqlash uchun yagona elektron ma’lumot bazasini yaratish masalasida ham kelishuvga yaqinlashgan.

Qo‘shimcha ravishda, ikki mamlakat ichki ishlar vazirliklari noqonuniy migratsiyaga qarshi kurash va fuqarolarni qaytarish bo‘yicha memorandum tayyorlamoqda.

Turkiya Tashqi ishlar vazirligidagi uchrashuvda esa vazir o‘rinbosari Musa Kulaklikaya ikki davlatni bog‘lab turgan tarixiy, madaniy va diniy yaqinlikni ta’kidlab, siyosiy va iqtisodiy hamkorlikni yanada kengaytirish niyatini bildirdi.

Muzokaralarda mehnat migratsiyasi sohasidagi hamkorlik uzoq muddatli istiqbolga ega ekani qayd etildi.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?