Armanistonda o‘ldirilgan chechen qizning ishi bo‘yicha ikki kishi qidiruvda

2 daqiqa o'qish488
Armanistonda o‘ldirilgan chechen qizning ishi bo‘yicha ikki kishi qidiruvda

Armanistonda yosh chechen ayoli Ayshat Baymuradovaning fojeali o‘limi bo‘yicha yangi tafsilotlar ma’lum bo‘ldi. Tergov qo‘mitasi ma’lum qilishicha, 23 yoshli qizni qatl etish bilan bog‘liq jinoyat ishi bo‘yicha ikki nafar shaxsga nisbatan ish qo‘zg‘atildi. Ular hozirda qidiruvda ekani rasman tasdiqlangan.

Ma’lumotlarga ko‘ra, ish Armaniston Jinoyat kodeksidagi “og‘irlashtiruvchi holatlar bilan qasddan odam o‘ldirish” moddasi bo‘yicha ochilgan. Tergovchilar bir qator guvohlardan ko‘rsatmalar olgan, marhum yashagan uyda tintuv o‘tkazilgan, barmoq izlari va sud-tibbiy ekspertizalar tayinlangan.

Figurantlarning ismlari oshkor qilinmagan bo‘lsa-da, ularning yo‘nalishi aniqlangani aytilmoqda. Huquqni muhofaza qiluvchi organlar versiyasiga ko‘ra, gumonlanuvchilar Armaniston hududini tark etib, ehtimol, Rossiyaga qochib ketgan bo‘lishi mumkin.

Ayshat Baymuradova joriy yilning yanvaridan beri Armanistonda yashab kelgan. 17-oktyabr kuni uning yo‘qolgani haqida ijara uyidagi qo‘shnilari xabar bergan. Ular qizni 15-oktyabr kuni Instagram orqali tanish bo‘lgan bir ayol bilan uchrashuvga ketganini va shundan keyin qaytmaganini aytishgan. Shundan so‘ng Yerevan ko‘chalarida qizning surati va “Chechenistonda uy zo‘ravonligidan qochgan” degan yozuvi bilan varaqalar tarqatilgan.

20-oktyabr kuni politsiya Baymuradovaning jasadini ijara uyidan topdi. Huquq faoli Lidiya Mixalchenko ma’lum qilishicha, qiz bo‘g‘ib o‘ldirilgan. Shuningdek, gumonlanuvchilar sifatida erkak va ayol ko‘rsatilayotgani, ular Rossiyaga ketib qolgani ta’kidlandi.

Armanistonlik huquq himoyachisi Artur Sakuns DW nashriga bildirishicha, ushbu jinoyatda ishtirok etgani taxmin qilinayotgan ayolning ismi Karina Iminova bo‘lib, u 2021-yilda Rossiyada “pichoq ishlatib o‘ldirish bilan qo‘rqitish” moddasi bo‘yicha ishga tortilib, keyinroq ish yopilgan.

Telegram’dagi “Ostorojno, novosti!” kanali esa qizning o‘ldirilgan kunida videokuzatuv kameralari orqali ikki nafar shaxs — Iminova va 30 yoshli chechen fuqarosi Said-Xamzat Baysarovning uydan chiqqanini aniqlaganini yozdi. Manba ma’lumotlariga ko‘ra, Baysarov ilgari Rossiyada ISHIDni moliyalashtirish ishida tilga olingan, ammo keyin sud tomonidan oqlangan. Shuningdek, u mast holda haydash va talonchilik ayblari bilan ham bir necha marta tergov qilingan.

Hozirda Armaniston prokuraturasi va huquqni muhofaza qiluvchi idoralar Iminova hamda Baysarovni topish uchun xalqaro qidiruv e’lon qilish masalasini ko‘rib chiqmoqda.

Ayni vaqtda jamoatchilik ushbu ishni qattiq kuzatmoqda. Chunki Ayshat Baymuradovaning o‘limi nafaqat shaxsiy fojea, balki zo‘ravonlik qurbonlariga himoya tizimining yetishmasligini ham ko‘rsatib berdi. Armaniston huquq faollari va xalqaro tashkilotlar ushbu ishning shaffof tergov qilinishi va aybdorlar jazosini olishi lozimligini ta’kidlamoqda.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?