
23 yashar Ayshat Baymuradova Chechenistondan qochib, erkin hayot umidida Armanistonga kelgan edi. U oilasidagi nazoratdan qochib, sochini qisqartirdi, bosh kiyimini yechdi va ijtimoiy tarmoqlarda suratlar joylay boshladi.
Oktabr oyida Ayshat Yerevanda ijaraga olingan uyida o‘ldirilgan holda topildi. U bilan birga bo‘lgan ayol va erkak tez orada Rossiyaga ketgani kuzatildi. Erkak Checheniston rahbari Qodirovga yaqin shaxs bo‘lishi mumkin, deb taxmin qilinmoqda.
Ayshat Armanistonga yetib kelishdan oldin oilasi tomonidan majburan turmushga uzatilgan va doimiy nazorat ostida bo‘lgan. U yangi hayot boshlashni va oddiy erkinlikni xohlardi.
Bu voqea chechen ayollarining xavfsizligi haqida xavotirlarni oshirdi. Ko‘plab qochqin ayollar jamiyat tadbirlarida qatnashmay, chechen tilida gaplashishdan ham ehtiyot bo‘lmoqda. Ayshatning o‘limi ularning qo‘rquvini kuchaytirdi.
“Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.