13:32 / 19.01.2017
7 384

Braziliyada banditlar mahbuslarni tashiydigan avtobuslarni yoqib yuborishdi

Braziliyada banditlar mahbuslarni tashiydigan avtobuslarni yoqib yuborishdi

Braziliyaning Natal shahrida 18 yanvarda 15 avtobus, mikroavtobus va avtomobillar o‘tgan hafta oxirida mahalliy turmadagi tartibsizliklardan keyin u erdagi bir qism mahbuslar boshqa turmalarga ko‘chirilishi e’lon qilingan vaqtda yoqib yuborildi, deb yozadi Kun.uz sayti.

Nataldagi turmadagi tartibsizliklarda 26 kishi o‘ldirilgan, ulardan 15 nafari boshidan judo qilingan. G‘alayonning ko‘tarilishiga turmadagi ikki dushman to‘da vakillarining to‘qnashuvi sabab bo‘lgan. Guruhlardan biri raqib guruh a’zolari saqlanadigan blokka bostirib kirgan va shundan keyin ommaviy mushtlashuv boshlangan.

Folha de Sao Paulo portalining ma’lum qilishicha, uchta avtobus va hukumat idoralari mashinasi yo‘lda, yana 12 ta avtobus garajda yoqib yuborilgan. Hozirda hukumat 220 nafar mahbusning qo‘chirilishi va transport vositalarining yoqib yuborilishi orasida aloqa bor-yo‘qligini aniqlamoqda.

Avvalroq Braziliya prezidenti Mishel Temer to‘lib-toshgan turmalarga yuklamani kamaytirish uchun 30 ta yangi axloq-tuzatish muassasasi qurishni rejalashtirayotganini ma’lum qilgandi. Bu maqsadda 300 mln dollar ajratilishi ko‘zda tutilgan. Qurilajak turmalardan beshtasi eng yuqori xavfsizlik tizimiga ega bo‘ladi, u erda eng ashaddiy jinoyatchilar va narkokartellar a’zolari saqlanadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Braziliyada banditlar mahbuslarni tashiydigan avtobuslarni yoqib yuborishdi