
AQShning o‘z vakolatlarini bajarishga kirishgan yangi prezidenti Donald Tramp Amerika etakchilarining bosh qarorgohi – Vashington shahridagi Oq uyga etib keldi.
Oq uy Trampning masofa jihatidan yaqin, ammo vaqt o‘lchovida uzoqqa cho‘zilgan sayrining so‘nggi manzili bo‘ldi. Dastlab u Kapitoliy tepalagidagi Kongress binosi maydonida tantanali qasamyod qildi, so‘ngra bir necha farmonlarni imzoladi va tantanali qabul marosimida qatnashdi.
AQSh prezidenti korteji Oq uyga borishda an’anaviy paradni boshqargan. Tramp rafiqasi Melaniya bilan odamlarni olqishlash uchun bir necha marotaba zirxli mashinadan chiqishgan. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar