22:11 / 25.01.2017
6 993

Ostonada AQSh jangsiz taslim bo‘ldi

Ostonada AQSh jangsiz taslim bo‘ldi

Igor Subbotin “Ostonada AQSh jangsiz taslim bo‘ldi” nomli maqolasida ta’kidlashicha, Ostonada Suriya masalasi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan muzokaralarga AQSh o‘z delegasiyasini yuborishdan bosh tortdi.

“Islom davlati” guruhiga qarshi kurash olib borayotgan ittifoqning etakchisi hisoblangan AQSh ushbu tadbirda Qozog‘istondagi o‘zining elchisi bilan ishtirok etdi xolos. Eslatib o‘tamiz, Eron ushbu muzokaralarda AQSh vakillari ishtirok etishiga o‘zining qarshiligini bildirgan edi.

Analitiklarning fikricha, Suriya borasida AQSh yangi prezidenti D.Tramp olib boradigan siyosati haqida fikr yuritishga hali erta. CSIS katta maslahatchisi O.Olikerning so‘zlariga ko‘ra, “Suriya mojarosidagi barcha tomonlar terrorizmga qarshi kurash olib borishmoqda, ammo reallikda hech kim ushbu harakatlarni amalga oshirayotgani yo‘q. Rossiya B.Asad tuzumini mustahkamlash uchun terrorizmga qarshi urush e’lon qilgan bo‘lsa, AQSh B.Asad tuzumini qatag‘on tuzum deb hisoblamoqda. Garchi jangovar harakatlar davom etgan taqdirda ham, mamlakatni barqarorlashtirish kabi muammolar mavjud bo‘ladi”.

Rossiyalik ekspertlarning fikriga ko‘ra, Tehron o‘zining harakatlari orqali mintaqada kuchini namoyish qilmoqchi. Birinchidan, Tehron mintaqada AQShning roli muhim emasligini ko‘rsatib bermoqchi. Ikkinchidan, Suriya bo‘yicha muzokaralarda Eron mag‘lub bo‘lishdan xavotirda. Amalda bo‘lib o‘tgan muzokaralar Rossiya va Turkiya tomonidan amalga oshirilgan bo‘lib, Eron esa hech kim bilan muzokara olib borishni istamadi va hech qanday sunna muxolifatini tan olmadi.

arenda kvartira tashkent

Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Dunyo » Ostonada AQSh jangsiz taslim bo‘ldi