Qozog‘istonda haydovchisiz yuk mashinalari 2027dan yo‘lga chiqadi

1 daqiqa o'qish173
Qozog‘istonda haydovchisiz yuk mashinalari 2027dan yo‘lga chiqadi

Qozog‘iston yaqin yillarda logistika sohasida katta innovatsiyaga qadam tashlamoqda. 2027 yildan boshlab mamlakat Yevroosiyo iqtisodiy ittifoqi hududida haydovchisiz yuk mashinalarini tajriba tariqasida harakatga chiqaradi. Bu haqda transport vaziri Nurlan Sauranbayev ma’lum qildi.

Loyihani amalga oshirish uchun Qozog‘istonda maxsus infratuzilma barpo etiladi: avtomobil yo‘llariga avtonom transportka zarur bo‘lgan to‘liq sensor tizimlari o‘rnatiladi. Hozirda tashabbus qo‘shni davlatlar va YEOII hamkorlari bilan muhokama qilinmoqda.

Sauranbayevning aytishicha, haydovchisiz yuk mashinalari chegara punktlaridagi navbatlarni ham kamaytirishi mumkin. Chunki jarayon pasport nazorati bilan integratsiya qilingan holda ancha tez amalga oshadi.

Vazirga ko‘ra, bunday transport vositalari Qozog‘istonning tranzit imkoniyatlarini oshirishda muhim omil bo‘ladi. Chunki yuk tashishdagi xarajatlarning katta qismi haydovchi maoshi va dam olish normalari bilan bog‘liq. Avtopilotli mashinalar esa sutkaning 24 soati ham harakatlana oladi.

Mutaxassislar fikricha, bu eksperiment mintaqada transport oqimini sezilarli darajada optimallashtirishi mumkin.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?