AQSHda 450 million yillik “oltin hayvon” qoldig‘i topildi

1 daqiqa o'qish3.1K
AQSHda 450 million yillik “oltin hayvon” qoldig‘i topildi

AQSHning Nyu-York shtatida olimlar Yer yuzida 450 million yil avval yashagan, ilgari umuman noma’lum bo‘lgan dengiz mavjudotining ajoyib “oltin” qoldiqlarini topishdi. Yangi turga Lomankus edgecombei nomi berildi.

Arxeologik topilmalarning eng hayratlanarlisi — bu organizmlar an’anaviy qoldiqlardan farqli ravishda deyarli ideal holda saqlanib qolgani. Millionlab yillar davomida ularning kichik tanasi metall — pirit bilan asta-sekin almashib borgan, natijada shakl va anatomiya amalda o‘zgarmagan.

Oksford universiteti paleobiologi Lyuk Perrining ta’kidlashicha, pirit kislorodsiz muhitda bakteriyalar organik to‘qimalarni parchalaganida hosil bo‘ladi. Bunday sharoitda ajralgan gazlar temir bilan reaksiya qilib sulfidni shakllantiradi.

“Bu namunalar go‘yo pirit hosil bo‘lishi uchun maxsus tayorlangan miniatyura orolchalarga o‘xshaydi”, — deydi Perri.

Mutaxassislar o‘ta aniq, uch o‘lchamli holda saqlangan ushbu majmua yordamida qadimgi bo‘g‘imoyoqlilarning tuzilishi va evolyutsiya bosqichlarini yanada chuqurroq o‘rganishi mumkin bo‘ladi. Ayniqsa, o‘sha davrda “qo‘shimcha” oyoqlar qanday qilib mo‘ylov, qisqich yoki tishsimon jihozlarga aylangani bo‘yicha muhim ma’lumotlar topilgan.

Maqola sizga yoqdimi?

Obuna bilan reklama bo'lmaydi

Zamin Premium — oyiga 4 900 so'm

Izohlar0

…

  1. Futbol akademiyalari uchun Skaut: to‘lov, davomat va ota-ona bilan aloqa endi bitta tizimda
  2. Toshkentdan Amerikaga: Nurmuxammad Ismoilov Akinda orqali halol investitsiyani global miqyosga olib chiqmoqda
  3. Avtoservisingizni raqamlashtiring: Bip Business bilan mijozlarni yo‘qotmang
  4. Mashina oynasiga raqam yozish xavflimi? Bip haydovchilar uchun yangi yechim topdi!
  5. 8 ta keng tarqalgan moliyaviy xato: nimalardan saqlanish kerak?
  6. Playmatch: maydon egalari ishini ancha yengillashtiradi
  7. Playmatch: futbol o‘ynash uchun kerakli barcha xizmatlar bitta ilovada
  8. Kundalik xarajatlar uchun kartani qanday tanlash mumkin?
  9. Eldor Shomurodov futbol akademiyasi va TBC Bank: bolalik orzularidan katta futbolgacha
  10. ANORBANK Boʻstonliqdagi 168-son maktab-internat tarbiyalanuvchilarini tabrikladi
  11. Haydovchilar va tashuvchilar uchun OSGOP sug‘urtasining afzalliklari...
  12. Pure Milky’dan navbatdagi kreativ: Har qadam — aziz insonlarga mehr bilan!
  13. Kredit olish imkoniyatini oshirish uchun qayerda ishlash kerak?
  14. Biznes imkoniyatingizni kengaytiring
  15. Fanning rivojlanishiga barchamiz mas’ulmiz!
  16. XIV Toshkent xalqaro kinofestivali qanday o‘tkazilmoqda?