date

Xitoyda internet qattiq nazoratga olindi: litsenziyasiz yangiliklar qat’iy taqiqlanadi

Xitoyda internet qattiq nazoratga olindi: litsenziyasiz yangiliklar qat’iy taqiqlanadi

Xitoyda onlayn axborot makonida tartibni kuchaytirish bo‘yicha yangi bosqich boshlandi. Pekin shahrining kiberxavfsizlik organlari internetda litsenziyasiz intervyu o‘tkazish, yangilik to‘plash va ularni nashr etishni qat’iy cheklashga kirishdi. Maqsad — ijtimoiy tarmoqlar va saytlarda salbiy kayfiyat, asossiz vahima hamda fitna nazariyalarining tarqalishini bartaraf etish.
Ma’lum qilinishicha, Pekin Kibermakon ma’muriyati 2025 yil dekabr oyida onlayn yangiliklar sohasini qamrab olgan bir oylik maxsus nazorat kampaniyasini boshlagan. Bu tashabbus qonunbuzarliklarni barvaqt aniqlash, rasmiy ommaviy axborot vositalarining ta’sirini oshirish va sog‘lom axborot muhitini shakllantirishga qaratilgan. Bu haqda Xitoy Markaziy Televideniyesi xabar berdi.
Kampaniya doirasida qator taqiqlar joriy etildi. Jumladan, litsenziyasiz intervyu olish, yangiliklarni yig‘ish, tahrirlash va tarqatish, ma’lumotlarni qasddan burmalash yoki kontekstdan uzib ko‘rsatish qonunbuzarlik sifatida baholanadi. Shuningdek, jamoatchilikni chalg‘ituvchi akkauntlar, soxta nomlar va manipulyativ fotosuratlardan foydalanish ham diqqat markazida bo‘ladi.
Rasmiylarga ko‘ra, mazkur choralar internet makonida ishonchli axborot ustuvorligini ta’minlashga qaratilgan. Kampaniya “Toza poytaxt — toza manbalar, haqiqiy ovoz” shiori ostida o‘tkazilib, noqonuniy onlayn faoliyatlarni to‘liq aniqlash va bartaraf etishni nazarda tutadi.
Shu bilan birga, Xitoyda internet nazorati so‘nggi yillarda izchil kuchayib bormoqda. Ilgariroq voyaga yetmaganlarni onlayn tahdidlardan himoya qilish bo‘yicha alohida kampaniya boshlangan, haqoratli kontent va kiberhujumlarga qarshi monitoring ham kengaytirilgan edi. Yangi qadamlar esa axborot maydonida davlat nazorati yanada qattiqlashishidan darak beradi.
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Ma’lumot
Mehmon guruhidagi foydalanuvchilar ushbu nashrga izoh qoldira olmaydi.
Yangiliklar » Dunyo » Xitoyda internet qattiq nazoratga olindi: litsenziyasiz yangiliklar qat’iy taqiqlanadi