
Bugun, 20 fevral tun chog‘i Afg‘oniston sharqidagi Lagmon hududida portlash yuz berdi. Natijada kamida 10 nafar tinch aholi vakili halok bo‘lgan, yana to‘rt kishi tan jarohati olgan. Bu haqda “Sinxua” agentligiga tayanib “Qalampir.uz” xabar bermoqda.
“Yakshanbadan dushanbaga o‘tar kechasi, Badpox hududidagi Muruvatkashda istiqomat qiluvchi oilaning uyiga noma’lum kishi granata otgan”, deydi afg‘on polisiyasi noziri. Vafot etganlar orasida ayol va bolalar bo‘lgan, jarohatlanganlar shifoxona etkazildi.
Terakt tafsilotlari hali aniqlanmadi. Oddiy oila a’zolariga tajovuz qilish, aholini qo‘rqitish kimga kerak edi? Bunisi mavhumligicha qolmoqda. Tuman hokimi Abdul Jabor Nahimi portlash harakatini uyushtirgan shaxsni qidiruvga berdi. “Zamin”ni Telegramʻda oʻqing!
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar